Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Rossiya qo‘shinlari Qrim shimolida okoplar qazishni boshladi
Rossiya qo‘shinlari annexia qilingan Qrim shimolida va Xerson viloyatida okoplar qazishni boshladi. Bu haqda Ukraina ommaviy axborot vositalari xabar berdi.
Shuningdek, ochiq manbalardagi razvedka bo‘yicha mutaxassis (OSINT) Benjamin Pittet ham tegishli ma’lumotlarni e’lon qildi. U Twitter’da sun’iy yo‘ldosh suratlarini joylashtirdi, ularda Qrim shimolida okoplar qazilayotganini ko‘rish mumkin.
Bundan oldin Yevropa Ittifoqi Qrimdagi kuzgi chaqiruv kampaniyasini tanqid qilgandi.
Qrim tatarlari ataylab va noqonuniy ravishda Rossiyaning Ukrainaga qarshi harbiy agressiyasida ishtirok etmoqda, deb xabar qildi Yevropa diplomatik xizmati Rossiyada kuzgi muddatli harbiy xizmatga chaqiruv boshlangan kuni.
Bryusselda Yevropa tashqi siyosat xizmati vakili «bugungi harakat Rossiya tomonidan yana bir xalqaro huquq buzilishidan dalolat beradi» dedi. U Rossiya noqonuniy ravishda annexia qilingan Ukraina hududlarida inson huquqlarini himoya qilishni ta’minlashi kerakligini, sababi BMTga a’zo ekanini, BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zoligi esa unga alohida mas’uliyat yuklashini ta’kidladi.
Shu bilan birga, Bryussel qrim-tatarlarning huquqlari poymol etilishini qayd etdi. Bu xalq vakillari «Rossiyaning safarbarlik to‘g‘risidagi farmonini bajarish chog‘ida qasddan va nomutanosib ravishda ta’qib qilinmoqda», shuningdek, «Rossiyaning Ukrainaga qarshi harbiy agressiyasiga zo‘rlik bilan jalb qilinmoqda», deyiladi bayonotda.
Mavzuga oid
16:21 / 28.04.2025
Zelenskiydan mamnun, Rossiya zarbalaridan hafsalasi pir bo‘lgan. Trampning oxirgi bayonotlaridan asosiy gaplar
19:46 / 25.04.2025
Tramp: Qrim Rossiya bilan qoladi va Zelenskiy buni biladi
22:32 / 23.04.2025
Tramp: hech kim Zelenskiydan Qrimni Rossiya hududi deb tan olishni so‘ramayapti
21:29 / 23.04.2025