Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ayrim tadbirkorlarga litsenziyasiz faoliyatni amalga oshirishga ruxsat beriladi
"Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi prezident farmoni qabul qilindi.
2023 yil 1 yanvardan maxsus huquqiy rejim doirasida tadbirkorlarga quyidagilarga ruxsat etiladi: yangi mahsulot va xizmatlarni joriy qilish faoliyatini cheklangan doirada tartibga solish orqali ayrim qonunchilik hujjatlariga amal qilmaslik; litsenziyasiz va ruxsat berish hujjatisiz faoliyatni amalga oshirish;
Maxsus huquqiy rejim vakolatli organ va tashabbuskor o‘rtasida har bir loyiha bo‘yicha alohida tuziladigan kelishuvga asosan joriy etiladi. Maxsus huquqiy rejim yakunlari bo‘yicha vakolatli organ tomonidan 1 oyda: sinovdan o‘tkazilgan mahsulot va xizmatlarni joriy etish maqsadga muvofiqligi yuzasidan tahlil o‘tkaziladi; mahsulot va xizmatlarni joriy etish maqsadga muvofiq deb topilganda, qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi.
Adliya vazirligi tomonidan 2025 yil 1 yanvargacha “Maxsus huquqiy rejim to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqiladi. Adliya vazirligi Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablar yagona elektron reyestri operatori hisoblanadi. Yagona reyestr quyidagi bosqichlarda shakllantiriladi: birinchi bosqichda (2023 yil) – qurilish, savdo, umumiy ovqatlanish, ta’lim va transport sohalaridagi majburiy talablar ro‘yxati shakllantiriladi; ikkinchi bosqichda (2024–2025 yillar) – barcha sohalardagi majburiy talablar ro‘yxati shakllantiriladi; Yagona reyestr 2025 yil 1 iyuldan to‘liq ishga tushiriladi.
Mavzuga oid
12:02 / 16.05.2025
Umra litsenziyasi berilgan turfirmalar soni 2 taga ko‘paydi
16:23 / 30.04.2025
Turagentlik faoliyati uchun litsenziya talabi bekor qilinadi
18:33 / 18.04.2025
Mineral o‘g‘itlar va pestitsidlar savdosi uchun endi litsenziya talab qilinadi
15:04 / 08.04.2025