Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent davlat stomatologiya instituti Vengriyaning nufuzli "Semmelweis University" bilan hamkorlik shartnomasini imzoladi
Samarqand shahrida Turkiy davlatlar tashkilotining Birinchi Sammiti doirasida O‘zbekiston-Vengriya biznes forumida sog‘liqni saqlash va oliy tibbiy ta’lim sohalari vakillari o‘rtasida uchrashuvlar o‘tkazildi.
Toshkent davlat stomatologiya instituti Vengriyaning "Semmelweis University" oliy ta’lim muassasasi bilan hamkorlik shartnomasini imzoladi.

Institut rektori, tibbiyot fanlari doktori, professor Nodir Haydarov va Vengriya universiteti prorektori Atilla Szabo boshchiligidagi delegatsiya uchrashuv davomida ta’lim va ilmiy faoliyat bo‘yicha hamkorlik yo‘nalishlarini belgilab olishdi.

Muzokaralarda qisqa va uzoq muddatli stajirovkalarni tashkil qilish, yetakchi mutaxassislar bilan mahorat darslari va ilmiy-amaliy anjumanlarni muntazam tarzda o‘tkazish, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, akademik mobillik dasturlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Toshkent davlat stomatologiya instituti axborot xizmati Ⓣ
Mavzuga oid
13:25 / 08.04.2023
Toshkent davlat stomatologiya institutida «Tibbiyot va innovatsiya» xalqaro talabalar olimpiadasi o‘tkazildi
13:01 / 04.04.2023
Toshkent davlat stomatologiya institutida yangi talabalar turar joyi ochildi
16:37 / 17.12.2022
Qaror ortiga berkinayotgan vazirliklar: 120 yillik bino buzilishiga qaysi hujjat asos bo‘lgan?
12:00 / 23.05.2022