Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyati hududlaridagi bittadan madaniyat markazida o‘quvchilarni tekin ovqatlantirish yo‘lga qo‘yiladi
2023-2026 yillarda madaniyat markazlari faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi loyihasi e’lon qilindi.
Toshkent viloyati tajribasi asosida har bir tuman va shahardagi bittadan madaniyat markazlarida o‘quvchi-yoshlar uchun bir martalik tekin tamaddi (ovqatlantirish) qilish xizmatlarini tashkil etish mo‘ljallanmoqda.
Bunda, har bir tuman va shahardan bittadan madaniyat markazini aniqlash, ovqatlanish tashkil etiladigan hududni maxsus jihozlash, autsorsing xizmatlaridan foydalanish, ovqatlanishni tashkil etish, ijobiy natijalar bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish rejalashtirilgan.
Madaniyat markazlaridagi faoliyat yuritayotgan to‘garaklar, studiyalar va kurslardan tashqari “STEAM – ta’lim” (Science – tabiiy fanlar, Technology – texnologiyalar, Art – san’at, Mathematics – matematika) dasturi joriy etiladi va yangi to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Yangi to‘garaklarni tashkil etish bo‘yicha tashabbuskorlar bilan shartnomalar imzolash va zamonaviy ta’lim dasturlarini joriy qilish ko‘zda tutilyapti.
Mavzuga oid
20:37 / 26.05.2025
Toshkent viloyatida ichimlik va oqova suv xizmatlari narxi oshiriladi
18:52 / 21.05.2025
Toshkent viloyatida uyida yo‘lbars boqib kelgan shaxs aniqlandi
10:12 / 15.05.2025
Toshkent viloyatida 13 ta tarixiy yodgorlikka zarar yetkazildi
14:50 / 13.05.2025