Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident TURKSOY tuzilmasi shartnomasini ratifikatsiya qilish haqidagi qonunni imzoladi
"TURKSOY tuzilmasi va faoliyat ko‘rsatish prinsiplari to‘g‘risidagi shartnomani (Olmaota, 1993 yil 12 iyul) ratifikatsiya qilish haqida"gi qonun prezident tomonidan imzolandi.
Qonunga ko‘ra, TURKSOY tuzilmasi va faoliyat ko‘rsatish prinsiplari to‘g‘risidagi shartnoma (Olmaota, 1993 yil 12 iyul) ratifikatsiya qilindi.
Ma’lumot uchun, TURKSOY xalqaro tashkiloti 1993 yilda Ozarboyjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Turkmaniston va Turkiya Respublikasi o‘rtasidagi kelishuv natijasida tashkil etilgan.
Tuzilmaning asosiy vazifasi turkiy xalqlarning ma’naviy yaqinlashuvi va qardoshlik birligini mustahkamlash, turkiy madaniyatni dunyoga tanitish va uning an’analarini kelajak avlodlarga yetkazish hisoblanadi.
Mavzuga oid
16:40 / 27.01.2025
O‘zbekiston Tojikiston bilan ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi
09:01 / 21.06.2024
O‘zbekiston ishlayotgan erkaklar va ayollar uchun teng imkoniyatlar to‘g‘risidagi konvensiyani ratifikatsiya qildi
21:01 / 13.03.2024
Ish haqini himoya qilish to‘g‘risidagi Konvensiya ratifikatsiya qilindi
10:10 / 01.12.2023