Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vashington Rossiyaga nisbatan sanksiyalar urushdan keyin ham saqlanib qolishini istisno etmadi
«Nima bo‘lganini» inobatga olgan holda, Rossiyaga nisbatan ayrim sanksiyalar Ukraina bilan tinchlik kelishuvidan keyin ham o‘z kuchida qolishi kerak, dedi AQSh moliya vaziri Janet Yellen.
AQSh moliya vaziri Janet Yellen Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi tugaganidan keyin ham unga qarshi ayrim sanksiyalar davom etishini istisno etmayapti.
«Menimcha, har qanday turdagi tinchlik bitimi kontekstida sanksiyalarni o‘zgartirish mumkin va bu o‘rinli bo‘ladi», dedi u 13 noyabr, yakshanba kuni chop etilgan The Wall Street Journal gazetasiga bergan intervyusida. Biroq, «nima bo‘lganini hisobga olsak», ba’zi sanksiyalar o‘z kuchida qolishi kerak, deya qo‘shimcha qildi u.
Shu bilan birga, Indoneziyadagi G20 sammitida bo‘lgan Yellen, «Rossiya tomonidan Ukraina uchun maqbul bo‘lgan har qanday shartlarda Ukraina bilan muzokara boshlashga urinishlar bo‘lmaganiga» e’tibor qaratdi.
Ukraina Qurolli kuchlari oldinga siljib, Ukraina hududlari ozod qilinayotgani va Rossiya kuchlari chekinayotgani munosabati bilan Moskva bilan tinchlik muzokaralari ehtimoli haqidagi munozaralar kuchaymoqda.
Vashington tinchlik muzokaralarini boshlash qarorini Kiyev qabul qilishi kerak, deb hisoblaydi. Ukraina rasmiylari Rossiya o‘z hududidan, jumladan annexia qilingan Qrimdan barcha qo‘shinlarini olib chiqmaguncha, muzokaralar o‘tkazish imkoniyatini rad etmoqda.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025