O‘zbekiston | 07:15 / 15.11.2022
10456
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda Kia K5 va Spark to‘qnashuvi oqibatida bir kishi jarohatlandi

Shayxontohur tumani Olmazor hamda Islom Karimov ko‘chalari kesishgan chorrahada yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Foto: Toshkent shahar IIBB YHXB

Toshkent shahar IIBB YHXB ma’lumotiga ko‘ra, 2022 yil 14 noyabr kuni soat 21:30 larda Toshkent shahar Shayxontohur tumani Olmazor hamda Islom Karimov ko‘chalari kesishgan chorrahada YTH ro‘y bergan.

Haydovchilar: 1999 yilda tug‘ilgan  S.T. boshqaruvidagi Kia K5 rusumli transport vositasi, 2002 yilda tug‘ilgan D.S. boshqaruvidagi Spark rusumli transport vositalari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Hodisa natijasida Spark rusumli transport vositasining yo‘lovchisi, 1991 yilda tug‘ilgan U.Sh. tan jarohati bilan shifoxonaga yuborilgan. 

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda.

Mavzuga oid