Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shvetsiya Ukrainaga 276 million yevro miqdorida harbiy yordam beradi
Shvetsiya Ukrainaga qariyb 276 million yevro miqdorida harbiy yordam ko‘rsatishga va’da berdi.
Shvetsiya bosh vaziri Ulf Kristerssonning matbuot anjumanida ma’lum qilishicha, «ushbu harbiy yordam paketi avvalgi sakkizta paketdan kattaroqdir».
U bu Shvetsiya tomonidan taqdim etilgan eng katta paket ekanligini ta’kidlab o‘tdi.
Mudofaa vaziri Pol Yonsonning so‘zlariga ko‘ra, yordam paketi havo hujumiga qarshi mudofaa tizimini, shuningdek, Shvetsiya zaxiralaridagi o‘q-dorilarni o‘z ichiga oladi.
Bundan oldin Yevropa Ittifoqi mamlakatlari moliya vazirlari Ukrainadagi urush sabab bo‘lgan asosiy muammolarni hal qilishga qaratilgan budjetni qabul qilishgandi.
Xususan, 2023 yilga mo‘ljallangan yangi moliyaviy rejada qo‘shni davlatlarni qo‘llab-quvvatlash, harbiy harakatchanlik va energetika inqirozidan chiqish uchun xarajatlarni oshirish ko‘zda tutilgan.
«Urush davom etmoqda. Bunday qiyin paytlarda biz qo‘shnilarimizga yordam berishimiz, Moldova va Ukrainaga yordam berishimiz kerak, - deya tushuntirdi Yevroparlamentning budjetlar bo‘yicha maxsus qo‘mitasi a’zosi Nikolay Stefanuta. - Bundan tashqari, Yevropa Ittifoqi zudlik bilan harbiy harakatchanligini kuchaytirishi kerak, bu to‘g‘ridan to‘g‘ri sodir bo‘lishi kerak».
Shunday qilib, jami 186,6 milliard yevrolik budjetda qo‘shni davlatlarga yordam ko‘rsatish uchun budjetga deyarli 15 milliard yevro qo‘shilgan. "Erasmus plyus" talabalar dasturi uchun 3,7 milliard yevro ajratildi - bu Ukrainadan qochib ketgan maktab o‘quvchilari va talabalarning ta’limiga qo‘shilgan hissadir.
«Ukrainalik olimlar va talabalarga Yevropa Ittifoqi budjeti hisobidan Yevropa universitetlarida integratsiyalashuviga yordam berish uchun ushbu dastur xarajatlari sezilarli darajada oshirildi», — dedi Stefanuta.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025