Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya O‘zbekistonda avtomobil yo‘llarini boshqarish tizimini joriy etishi mumkin
O‘zbekiston elchixonasi xodimlari Yaponiyaning Kyosan Electric Manufacturring CO LTD kompaniyasi bosh direktori o‘rinbosari Takayuki Tadjima bilan uchrashuv o‘tkazdilar, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Kyosan Electric Manufacturring CO LTD kompaniyasi 1917 yilda tashkil etilgan. Yo‘llarda harakatni boshqarish uskunalari, svetoforlar, ularni boshqarish tizimlarini ishlab chiqarish va o‘rnatish, yo‘llar va yo‘l kesishmalarida transport oqimlarini boshqarish bilan shug‘ullanadi.
Uchrashuvda transport sohasida hamkorlik qilish, yo‘llar va chorrahalarda, ayniqsa, tig‘iz vaqtlarda tirbandlik oldini olish maqsadida respublika shaharlarida transport oqimlarini boshqarish masalalari muhokama qilindi.
O‘zbekiston shaharlarida transport vositalari oqimi ortib, transport vositalari haydovchilari uchun yo‘llarda qiyinchiliklar tug‘dirayotgani qayd etildi. Toshkent uchun xavfsiz shahar konsepsiyasini yaratish bo‘yicha rejalar ham tasdiqlandi.
Muzokaralar chog‘ida O‘zbekistonda avtomobil va temiryo‘llarni boshqarish tizimlari hamda uskunalarini ishlab chiqarish, joriy etish masalalari muhokama qilindi. Yaponiya tomoni O‘zbekistonda elektr jihozlari ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlikda zarur jihozlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga tayyor ekanini ma’lum qildi.
Kompaniya vakillari O‘zbekiston shaharlari yo‘llarida, chorrahalarda avtotransport oqimini tushirish tizimlarini joriy etish orqali tadqiqot ishlarini olib borish istagini ham bildirdi.
Mavzuga oid
14:06 / 26.05.2025
Yaponiya bozori uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturlari ishlab chiqiladi
15:50 / 25.05.2025
Yaponiya kemasi Rossiya bilan bahsli orol yaqinida ogohlantirishsiz o‘t ochdi
21:15 / 21.05.2025
Yaponiya qishloq xo‘jaligi vaziri guruch haqidagi gaplaridan keyin iste’fo berdi
09:05 / 21.05.2025