Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Afrosiyob» poyezdining bir nechta qatnovlari vaqtincha to‘xtatiladi
Toshkent - Qarshi «Afrosiyob» tezyurar poyezdining ikkita qatnovi Samarqanddan qaytadi. Yana bir nechta poyezd qatnovlari vaqtinchalik to‘xtatiladi.
«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJning xabar berishicha, «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tomonidan Alatun — Neguz temiryo‘l bekatlari oralig‘idagi ko‘prikda modernizatsiya ishlari olib borilishi yuzasidan bir nechta yo‘lovchi poyezdlar harakati bekor qilinadi va poyezdlar harakati jadvaliga o‘zgartirishlar kiritiladi.
Jumladan, 760-sonli Toshkent — Qarshi «Afrosiyob» tezyurar poyezdining 2022 yil 21 va 25 noyabr kunlariga belgilangan ikkita qatnovi Toshkentdan Samarqandgacha boradi. 759-sonli Qarshi — Toshkent «Afrosiyob» poyezdi 2022 yil 21 va 25 noyabr kunlari ikkita qatnovda Samarqanddan Toshkentgacha boradi. Ikkita qatnov amaldagi jadval asosida harakatlanadi va Qarshigacha bormasdan Samarqanddan ortga qaytadi.
2022 yilning 25 noyabr kuni 780/779-sonli Toshkent — Qarshi — Toshkent «Afrosiyob» tezyurar poyezdi bir reysga qatnovi to‘xtatiladi.
2022 yilning 25 noyabr kuni 4-sonli Toshkent — Qarshi poyezdi Toshkent bekatidan bir reysga, 2022 yilning 26 noyabr kuni 3-sonli Qarshi — Toshkent poyezdi Qarshi bekatidan bir reysga qatnovi to‘xtatiladi.
2022 yilning 24-25 noyabr kuni 80-sonli Toshkent — Termiz poyezdi Toshkent bekatidan ikki reysga, 2022 yilning 25-26 noyabr kuni 79-sonli Termiz — Toshkent poyezdi Termiz bekatidan ikki reysga qatnovi to‘xtatiladi.
«Hurmatli yo‘lovchilar, ushbu yo‘nalishlar uchun rasmiylashtirilgan chiptalar to‘liq qiymatda qaytariladi. Keltirilgan noqulayliklar uchun «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ uzr so‘raydi!», deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
07:39 / 22.05.2025
Tyanjin–Toshkent yo‘nalishidagi birinchi poyezd jo‘nab ketdi
08:48 / 16.05.2025
Toshkentda poyezd ustida suratga tushmoqchi bo‘lgan bolalarni tok urdi
20:42 / 06.05.2025
Samarqand-Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha «Afrosiyob» poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
18:00 / 25.04.2025