O‘zbekiston | 08:45 / 17.11.2022
5153
4 daqiqa o‘qiladi

Atom energiyasi obektlari uchun sifatni ta’minlash dasturiga qo‘yiladigan talablar aytildi

Sanoat xavfsizligi qo‘mitasining “Atom energiyasidan foydalanish obektlari uchun sifatni ta’minlash dasturlariga qo‘yiladigan talablarni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Talablar «Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish to‘g‘risida» qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan va atom energiyasidan foydalanish obektlari sifatini ta’minlash dasturlariga, atom energiyasidan foydalanish obektlarida sifatni ta’minlash dasturlari tuzilishi, tarkibi va ularni ishlab chiqish tartibiga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi.

Atom energiyasidan foydalanish obektlari uchun sifatni ta’minlash dasturlari quyidagilarga bo‘linadi:

  • atom energiyasidan foydalanish obektlari «hayot» davri barcha bosqichlarida uning xavfsizligiga ta’sir ko‘rsatuvchi barcha bajariladigan ishlar va ko‘rsatiladigan xizmatlarga taalluqli bo‘lgan umumiy sifatni ta’minlash dasturlariga;
  • atom energiyasidan foydalanish obektlari «hayot» davri alohida bosqichida va (yoki) atom energiyasidan foydalanish sohasida litsenziyalanadigan faoliyatni amalga oshirishda atom energiyasidan foydalanish obektlari xavfsizligiga ta’sir qiluvchi faoliyatni amalga oshiradigan tashkilotlar xususiy sifatni ta’minlash dasturlariga.

Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot:

umumiy sifatni ta’minlash dasturlarini ishlab chiqishni tashkillashtirishni, tasdiqlashni, amalga kiritishni, bajarishni, ular bajarilishini tekshirishni va bajarilish natijadorligini baholashni;

ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot uchun ishlarni bajaruvchi va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar sifatni ta’minlash dasturlarini kelishishni, ular bajarilishi ustidan nazoratni va bajarish natijadorligini baholashni amalga oshirishi kerak.

Atom energiyasidan foydalanish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilot:

  • o‘z xususiy sifatni ta’minlash dasturi ishlab chiqilishini tashkil etishni, uni tasdiqlashni, amalga kiritishni, bajarishni, bajarilishi ustidan nazoratni va bajarish natijadorligini baholashni;
  • o‘z pudratchi tashkilotlari sifatni ta’minlash dasturlarini kelishishni, bajarilishi ustidan nazoratni va bajarish natijadorligini baholashni amalga oshirishi kerak.

Atom energiyasidan foydalanish sohasida faoliyat olib borilayotgan bir yoki bir nechta atom energiyasidan foydalanish obektlariga nisbatan atom energiyasidan foydalanish sohasida bir nechta faoliyat turi uchun bitta sifatni ta’minlash dasturi ishlab chiqilishi joizligi, atom energiyasidan foydalanish obektlariga yetkazib beriladigan bir qator mahsulotlarni loyihalash (konstruksiyalash) va (yoki) tayyorlashda yoki turli atom energiyasidan foydalanish obektlarida ishlarni bajarish (xizmatlar ko‘rsatish)da bitta xususiy sifatni ta’minlash dasturini ishlab chiqish joizligi tegishli sifatni ta’minlash dasturida asoslanishi lozim.

Sifatni ta’minlash dasturi atom energiyasidan foydalanish sohasidagi tegishli faoliyatni boshlashdan oldin tashkilotda tasdiqlanishi va amalga kiritilishi lozim.

Sifatni ta’minlash dasturi tarkibidagi sifatni ta’minlash bo‘yicha tashkiliy-texnik va boshqa chora-tadbirlar atom energiyasidan foydalanish obekti tizimlari (elementlari) va inshootlari atom energiyasidan foydalanish sohasidagi normalar va qoidalarga muvofiq atom energiyasidan foydalanish obektlar xavfsizligiga ta’siri bo‘yicha tasnifini hisobga olgan holda tabaqalashtirilgan yondashuvga asoslangan bo‘lishi kerak.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid