O‘zbekiston | 10:32 / 17.11.2022
1715
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda arab ishbilarmonlari ishtirokida yirik iqtisodiy forum o‘tkaziladi

Misrda bo‘lib turgan Senat raisi Tanzila Norboyeva Qohira shahrida Arab davlatlari parlamentlari ligasi raisi Odil al-Asumiy bilan uchrashdi.

Foto: Dunyo

Uchrashuvda O‘zbekiston parlamentining arab davlatlari parlamentlari, arab davlatlari parlamentlari ligasi bilan hamkorligini yanada faollashtirish muhokama qilindi.

Odil al-Asumiy Arab davlatlari uyushmasi, Arab parlamenti O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi yetakchi o‘rnini e’tirof etgan holda O‘zbekiston bilan barcha sohalarda, parlamentlararo hamkorlikni yanada faollashtirishga tayyor ekanini qayd etdi. Arab ishbilarmonlari doiralari ishtirokida O‘zbekistonda yirik iqtisodiy forum o‘tkazish taklifi ilgari surildi.

Muloqot chog‘ida O‘zbekistonning qishloq xo‘jalik mahsulotlarini arab davlatlariga eksport qilish va bunda transport-logistika masalalarini samarali hal etish choralari muhokama qilindi.

O‘zbekistonda gender tenglikni ta’minlash borasida olib borilayotgan davlat siyosati samarasi e’tirof etilgani holda 2023 yil Samarqand shahrida Arab va musulmon mamlakatlari parlamentlari ayol a’zolari birinchi forumini o‘tkazish tashabbusi ilgari surildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid