Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya O‘zbekistonga Buyuk Ipak yo‘li madaniy merosi arxivlarini raqamlashtirish uchun 400 ming dollar ajratadi
O‘zbekiston Investitsiyalar vazirligida Yaponiya hukumati bilan qiymati 400 ming dollarga yaqin bo‘lgan «O‘zbekistonda Buyuk Ipak yo‘li madaniy merosi arxivlarini saqlash va raqamlashtirish» loyihasi bo‘yicha almashuv notasi va grant bitimini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Amalga oshirilayotgan loyiha Ipak yo‘li bo‘ylab topilgan noyob madaniy boyliklarni asrab-avaylashga ko‘maklashish, ularni himoya qilish ishlari samaradorligini oshirish, O‘zbekiston madaniyati rivojiga katta hissa qo‘shish, ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy-gumanitar hamkorligi timsoliga aylanishga qaratilgan.
Ikki mamlakat o‘rtasida diplomatiya aloqalari o‘rnatilgani 30 yilligiga bag‘ishlangan ushbu loyiha doirasida O‘zbekistonda yapon texnologiyalari va madaniy meros obektlari va predmetlarini saqlash bo‘yicha tajribasini joriy etish ko‘zda tutilgan.
Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi, O‘zbekiston davlat tarix muzeyi hamda Termiz arxeologiya muzeyiga kolleksiyalar va eksponatlarni asrash uchun uskunalar, raqamli arxivlash uchun zarur uskunalar, 3D skanerlar, 360 darajada suratga oladigan kameralar va boshqa jihozlar topshiriladi.
Mavzuga oid
14:06 / 26.05.2025
Yaponiya bozori uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturlari ishlab chiqiladi
15:50 / 25.05.2025
Yaponiya kemasi Rossiya bilan bahsli orol yaqinida ogohlantirishsiz o‘t ochdi
21:15 / 21.05.2025
Yaponiya qishloq xo‘jaligi vaziri guruch haqidagi gaplaridan keyin iste’fo berdi
09:05 / 21.05.2025