Jahon | 14:51 / 18.11.2022
21959
6 daqiqa o‘qiladi

Xersondagi Xorijiy legion jangchilari va Zaporijjyaga zarba oqibatlari. Urush suratlari

Ukraina hukumati rossiyaliklarning Odessa, Dnepr va Xarkiv oblastlaridagi infratuzilma obektlariga navbatdagi raketa zarbalari haqida xabar berdi. «Naftogaz Ukraina» mamlakat sharqida gaz qazib olish obektlari vayron bo‘lgani va shikastlanganini ma’lum qildi. Dneprda otishmalar oqibatida 23 kishi jabrlangan, turar joy binosi shikastlangan. Zaporijjya oblasti Volnyansk shahrida raketa zarbasidan yetti kishi halok bo‘ldi. Haagadagi sud rossiyalik Igor Girkin va Sergey Dubinskiy, shuningdek ukrainalik Leonid Xarchenkoni 2014 yilda Donbassdagi «boing» halokati ishi bo‘yicha umrbod qamoq jazosiga hukm qildi. Bryansk oblastida ikki kishi avtomobilda ketayotib, Ukraina bilan chegara yaqinida minaga tushib portlab ketdi, ularning biri halok bo‘lgan. Ukraina IIV rahbari o‘rinbosari Denis Monastirskiy Xerson oblastida rossiyalik harbiylar tomonidan o‘ldirilgan 63 kishi jasadi aniqlanganini ma’lum qildi. Donetsk, Mikolayiv, Xarkiv va Xerson oblastlarining ozod etilgan hududlarida Ukraina politsiyasi istilo vaqti halok bo‘lgan mingga yaqin tinch aholi vakillari jasadlarini aniqlagan. 

Quyida 17 noyabr, urushning 267-kunida Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Ukraina Xorijiy legioni Xersondagi oldingi chiziqda

Dneprning o‘ng sohilidagi Xersonda ukrainlar pozitsiyasidagi mergan. Ukraina Xorijiy legioni 2022 yil fevralida Volodimir Zelenskiy buyrug‘i bilan Ukraina qurolli kuchlari hududiy mudofaa qismlari doirasida tuzilgandi. Urushning ilk kunlarida legion safiga dunyoning 52 mamlakatidan 20 mingga yaqin kishi yozildi.
Chris McGrath / Getty Images
Xersondagi Xorijiy legion jangchilari rossiyaliklarning Dneprning chap sohilidagi pozitsiyalarini o‘qqa tutishga tayyorlanmoqda. Legion safida AQSh, Buyuk Britaniya, Polsha, Boltiqbo‘yi davlatlari, Kanada, Norvegiya, Finlandiya va Daniyadan kelganlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Legion Rossiya va Belarus fuqarolarini qabul qilmaydi, Ukraina qurolli kuchlariga ko‘ra, rossiyaliklardan murojaat juda ko‘p.
Chris McGrath / Getty Images
Xorijiy legion jangchisi Xerson oblastida rossiyaliklar pozitsiyasini o‘qqa tutmoqda
Chris McGrath / Getty Images
Xorijiy legion jangchilari chiroq yorug‘ida qahva pishirmoqda
Chris McGrath / Getty Images

Zaporijjya oblastida zarba oqibatlari 

Ukrain politsiyachilari RF qo‘shinlari tomonidan berilgan raketa zarbasi oqibatida jabrlanganlarni qidirmoqda. 17 noyabrga o‘tar kechasi rossiyalik harbiylar Zaporijjya oblastining oblast markazidan 30 kilometr shimoli-sharqida joylashgan va Ukraina armiyasi nazoratidagi Volnyansk shahriga zarbalar yo‘lladi. Raketa turar joy binosiga tushib, uni to‘liq vayron qilgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, yetti kishi halok bo‘lgan. Foto: Reuters / Scanpix / LETA
Politsiyachilar rossiyaliklar raketa zarbasidan vayron bo‘lgan uy xarobalaridan topilgan jasadlarni ko‘zdan kechirmoqda.
Reuters / Scanpix / LETA
Qutqaruvchilar rossiyaliklar raketasi kelib tushgan joyda ishlamoqda
Reuters / Scanpix / LETA

Donetsk oblastida ukrainlar hospitali

 

Harbiy shifokor ukrainalik harbiy yarasini bog‘lamoqda. Donetsk oblastida faol janglar davom etmoqda. Oblast harbiy ma’muriyatiga ko‘ra, 17 noyabr tongida Rossiya Chasiv Yarni o‘qqa tutgan — ukrainlar nazoratidagi bu shahar Donetskdan 60 kilometr shimolda joylashgan. Uch kishi qurbon bo‘lgan. Bundan tashqari, Rossiya qo‘shini Baxmut va Vugledarga zarbalar berishni davom ettirmoqda.
Anna Kudriavseva / Reuters / Scanpix / LETA

 

Tibbiyot xodimlari Ukraina qurolli kuchlarining yarador jangchisiga tez tibbiy yordam ko‘rsatishmoqda.
Anna Kudriavseva / Reuters / Scanpix / LETA

Xersonning vayron bo‘lgan aeroporti 

Chornobayivka qishlog‘idagi «Xerson» xalqaro aeroporti binosi, uning hududida Rossiya qo‘shinining ko‘plab harbiy texnikalari qolgan. RF armiyasi uchun Chornobayivkaning egallanishi urushning ilk kunlarida strategik ahamiyatga ega edi — aeroport rossiyalik harbiylar tomonidan 27 fevral kuni egallandi. Shundan buyon Ukraina qurolli kuchlari muntazam ravishda va muvaffaqiyat bilan rossiyaliklarning Chornobayivkadagi pozitsiyalarini o‘qqa tutdi. Prezident ofisi maslahatchisi Aleksey Arestovich ma’lumotiga ko‘ra, 10 iyulgacha ukrain qo‘shini bu hududga 26 bor hujum uyushtirgan. 11 noyabr kuni Ukraina qurolli kuchlari Chornobayivkani ozod etishdi
Metin Aktas / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Aeroport devorida Ukraina qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni, general Valeriy Zalujniy tasviri
Metin Aktas / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Aeroportda rossiyaliklarning tashlab ketilgan mudofaa istehkomi
Metin Aktas / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Chornobayivka aeroporti hududidagi harbiy samolyotlar
Metin Aktas / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Mavzuga oid