Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moratoriy ta’sir qilmayapti – Yashnoboddagi qurilish obektida yana 16 tup qimmatbaho daraxt kesib tashlandi
Yashnobod tumani Iltifot mahallasi hududida qurilishi davom etayotgan obektda 16 tup qimmatbaho daraxt kesib tashlangan. Zarar miqdori 3,5 mlrddan ko‘proqni tashkil qilmoqda.
Foto: Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati Yashnobod tumani Iltifot mahallasi hududidagi qurilish obektida daraxtlar kesilishi bo‘yicha o‘tkazilgan tekshiruv natijasini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, qurilish obektidagi 16 tup qimmatbaho daraxt noqonuniy ravishda tag qismidan kesib tashlangani aniqlangan.
“Holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunining 37-moddasi talablari buzilib, o‘simlik dunyosiga ko‘p miqdorda zarar yetkazilgani aniqlandi.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar miqdori 3 mlrd 514 mln 200 ming so‘mni tashkil etmoqda.
O‘rganish natijasi bo‘yicha to‘plangan materiallar tegishli tartibda rasmiylashtirilib, tuman prokuraturasiga taqdim etildi”, – deyiladi xabarda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Iltifot mahallasi hududida “Yangi zamon bino” MChJ kompaniyasi olib borayotgan bo‘lgan.
Mavzuga oid
14:48 / 06.05.2025
Toshkentda Damas va Cobalt yonib ketdi
15:11 / 26.03.2025
Toshkentga 6 mingga yaqin chiqindi qutilari yetishmaydi - Ekologiya boshqarmasi
15:45 / 18.03.2025
Toshkentda noma’lum shaxs 12 yoshli qizga hamla qildi. U ruhiy xasta ekani ma’lum bo‘ldi
10:01 / 17.03.2025