Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NATO kemalari Atlantika okeani va O‘rta Yer dengizida harbiy mashqlarni boshladi
Mashqlarda Kanada, Daniya, Germaniya, Gollandiya, Fransiya, Gretsiya, Italiya va AQSh harbiy dengiz flotining ko‘plab kemalari qatnashmoqda.
Ko‘p sonli harbiy kemalar, jumladan, NATO davlatlariga tegishli 5 ta aviatashuvchi kema Atlantika mintaqasi va O‘rta Yer dengizida harbiy mashg‘ulotlarni boshladi.
NATO bayonotiga ko‘ra, noyabr oyi oxirigacha davom etadigan mashg‘ulotlarda AQSh, Britaniya, Italiya va Fransiyaning samolyot tashuvchi kemalari, ko‘p sonli harbiy kemalar va jangovar samolyotlar ishtirok etadi.
Jumladan, Qo‘shma Shtatlar dunyodagi eng yangi va eng katta harbiy kema hisoblangan USS Gerald R. Ford aviatashuvchisini NATO mashg‘ulotlariga jo‘natgan.
Shuningdek, mashqlarda Amerikaning USS George HW Bush, Britaniyaning HMS Queen Elizabeth, Fransiyaning Charles De Gaulle va Italiyaning Cavour aviatashuvchi kemalari ham ishtirok etmoqda. Ularni Kanada, Daniya, Germaniya, Gollandiya, Fransiya, Gretsiya, Italiya va AQSh harbiy-dengiz flotining ko‘plab kemalari kuzatib boryapti.
Britaniyaning HMS Queen Elizabeth aviatashuvchi kemasi bortida F-35 samolyotlari bilan Atlantika okeani shimoliga yo‘l olgan.
Fransiya, Italiya va AQSh (USS George H.W. Bush) harbiy-dengiz flotining aviatashuvchi kemalari O‘rta Yer dengizida harakatlanmoqda.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025