Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina: Zaporijjyada kasalxona o‘qqa tutilishi oqibatida yangi tug‘ilgan chaqaloq halok bo‘ldi
Bugun, 23 noyabr kuni tunda Zaporijjya viloyatining Volnyansk shahrida Rossiya qo‘shinlari, mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, shifoxonaning tug‘uruq bo‘limiga qarata o‘q uzgan.
Ukraina Favqulodda vaziyatlar davlat xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, otishma vaqtida bo‘limda bir ayol va yangi tug‘ilgan chaqaloq bo‘lgan. Bola vafot etgan.
«Qalbimizni qayg‘u qamrab oldi – endigina dunyoga kelgan chaqaloq halok bo‘ldi», deb yozdi viloyat harbiy ma’muriyati boshlig‘i Aleksandr Starux o‘zining Telegram-kanalida.
Bundan oldin rossiyaliklar Zaporijjya viloyatining Orexov shahrida gumanitar yordam yetkazib berish nuqtasini o‘qqa tutgandi. Bu haqda Zaporijjya harbiy ma’muriyati raisi Aleksandr Starux Telegram’da ma’lum qildi.
«Maktab binosidagi gumanitar yordam berish nuqtasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri zarba berish natijasida bir ijtimoiy xodim halok bo‘ldi, yana ikki ayol yaralandi», deb yozadi u.
Navbatlar yuzaga kelmagani va yaqin atrofda jihozlangan boshpanalarda yordam berish ishlari to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgani tufayli bundan ham ko‘proq qurbonlar bo‘lishining oldi olindi, deya qo‘shimcha qildi u.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025