O‘zbekiston | 10:30 / 23.11.2022
6944
1 daqiqa o‘qiladi

Xivada «Chegara bilmas sayyohlik» xalqaro forumi bo‘lib o‘tadi

29 noyabr kuni Xivada Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlari yetakchi kompaniyalari ishtirokida turizmni rivojlantirish bo‘yicha "Chegara bilmas sayyohlik" xalqaro forumi bo‘lib o‘tadi.

Foto: Kun.uz

Forum kun tartibi turizm sohasidagi ko‘p tomonlama hamkorlik dolzarb masalalarini o‘z ichiga olgan. Mazkur anjuman Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi "ichki turizm" imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytirish, turizm sohasida ilmiy-texnik va sarmoyaviy hamkorlikni mustahkamlash, mamlakatlar o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish bo‘yicha yangi tashabbuslarni ishlab chiqish uchun samarali maydonga aylanishi kutilmoqda.

Forumda ishtirok etish uchun O‘zbekiston sayyohlik biznesi vakillari taklif etilgan. Buning uchun tashkilotchilar 26 noyabrga qadar forum qaysi bo‘limda qatnashish istagi ko‘rsatilgani holda elektron pochta orqali ishtirok etish tasdiqlanishini so‘ragan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid