Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy Ukrainada to‘rt mingdan ortiq «mustahkam punktlar» ochilganini e’lon qildi
Unda odamlar zarur ijtimoiy-kommunal xizmatlardan foydalanishi mumkin bo‘ladi.
Ukraina bo‘ylab elektr ta’minoti uzoq muddat uzilib qolgan taqdirda aholiga asosiy xizmatlar ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan to‘rt mingdan ortiq «mustahkam punktlar» ochildi.
Prezident Vladimir Zelenskiy so‘zlariga ko‘ra, punktlar barcha viloyat va tuman ma’muriyati, maktablar, FVV binolari huzurida bepul va kechayu kunduz ishlaydi.
Ularda eng yaqin yoqilg‘i quyish shoxobchalari, bank filiali, dorixona va do‘konlar qayerda ekanini aniqlash mumkin bo‘ladi. Shuningdek, suv, elektr, mobil aloqa va internet bor.
«Odamlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida butun mamlakat bo‘ylab yangi loyihani - «mustahkam punktlar»ni ishga tushirmoqdamiz. Allaqachon to‘rt mingdan ortiq shunday punkt tayyorlandi. Bundan ham ko‘proq rejalashtirilgan», - deb yozdi Zelenskiy ijtimoiy tarmoqda.
So‘nggi kunlarda Rossiya tomonidan Ukraina energetika obektlariga berilgan ommaviy raketa zarbalari oqibatida mamlakat jiddiy energetika inqiroziga duch keldi. Ukraina hujumlar oqibatini bartaraf qilishga urinmoqda. «Mustahkam punktlar» ana shunday chora-tadbirlar mahsuli hisoblanadi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025