Jahon | 20:46 / 24.11.2022
12778
2 daqiqa o‘qiladi

Jazoir sudi odamni yoqib yuborgan 49 kishini o‘limga hukm qildi 

Ular o‘rmonga o‘t qo‘yishda nohaq ayblangan shaxsni o‘zboshimchalik bilan jazolab, olovda kuydirishgan edi. 

Foto: Getty Images

Jazoir sudi o‘tgan yili avgust oyida o‘rmonlarga o‘t qo‘yganlikda nohaq ayblangan kishini o‘zboshimchalik bilan jazolab, olovda kuydirib o‘ldirgan 49 kishiga hukm o‘qidi. 

Legit portali xabariga ko‘ra, ularning barchasi o‘limga mahkum qilingan. Yana 15 kishi turli muddatlarga qamoq jazosini olgan. 

38 yoshli Jamil bin Ismoil o‘t qo‘yishda gumon qilinayotganini bilib, o‘z ixtiyori bilan politsiya bo‘limiga borgan. Shundan so‘ng, olomon uni ushlab olib, yoqib yuborgan. Jazoirdagi kuchli o‘rmon yong‘inlari butun mamlakat bo‘ylab kamida 90 kishining hayotiga zomin bo‘lgan edi. 

Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, Ismoil yong‘inlarga aloqador bo‘lmagan, balki ko‘ngilli sifatida o‘tni o‘chirishga yordam berish uchun viloyatga borgan. 

Jazoir shahri sudi 24 noyabr kuni «qotillik va jarohat yetkazishda» aybdor deb topilgan 49 kishini o‘limga mahkum qildi. 

Jazoirda oxirgi qatl 1993 yilda amalga oshirilgan. Shundan beri mamlakatda o‘lim jazosiga moratoriy o‘rnatilgan edi. 

Mavzuga oid