Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy jahon hamjamiyatidan havo hujumiga qarshi eng yangi mudofaa tizimlarini so‘radi
Volodimir Zelenskiy jahon hamjamiyatini Ukrainani havo hujumidan mudofaa eng yangi tizimlari bilan ta’minlashga va «terrorchi davlat» sifatidagi Rossiyani xalqaro tashkilotlarda ovoz berish huquqidan mahrum qilishga chaqirdi.
Bundan tashqari, Ukraina prezidenti BMT Xavfsizlik kengashining Rossiya tomonidan o‘z mamlakatining muhim infratuzilmasiga hujumlari munosabati bilan chaqirilgan favqulodda yig‘ilishida so‘zga chiqib, Moskva bilan tinchlik muzokaralari o‘tkazish chaqiriqlarini tanqid qildi.
«Bizning tinchlik formulamizga javoban Rossiya terror formulasini taklif qilmoqda», deb ta’kidladi Zelenskiy va Rossiya Federatsiyasi faqat «terror, beqarorlik va dezinformatsiya» tarqatishini qo‘shimcha qildi.
Bundan oldin 23 noyabr kuni Rossiya qo‘shinlari Ukraina hududlari bo‘ylab yoppasiga raketa zarbalari yo‘lladi. Ukraina prezidenti ofisi rahbari o‘rinbosari Kirill Timoshenko rossiyalik harbiylar «Ukraina energiya ta’minot obektlarini yo‘q qilishga urinayotgani»ni aytdi.
Ukraina rasmiylariga ko‘ra, yangi raketa zarbalari oqibatida uch region to‘lig‘icha elektr ta’minotisiz qolgan: Kiyev, Odessa va Chernihiv oblastlari. «Ukrenergo» xabariga ko‘ra, otishmalar tufayli Ukrainaning barcha hududlarida elektr energiyasi avariyaviy o‘chirilishi mumkin. Butun mamlakat bo‘ylab internet faoliyatida uzilishlar kuzatilmoqda.
«Energetik terror davom etmoqda», — dedi Ukraina prezidenti ofisi rahbari Andrey Yermak. Mamlakat prezidenti Volodimir Zelenskiy Ukraina bo‘ylab jami 67 raketa uchirilganini xabar qilgan. Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, so‘nggi hujumlar oqibatida jami olti kishi halok bo‘lib, 36 kishi jarohatlangan.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025