Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston fuqarosi Qirg‘izistonda giyohvandlik moddasi bilan ushlandi
U mahalliy fuqaro yordamida giyohvandlik moddasini O‘zbekistonga olib kirishni rejalashtirgan.
Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xabariga ko‘ra, Jalolobodda Qirg‘iziston va O‘zbekiston fuqarolaridan iborat xalqaro narkoguruh a’zolari qo‘lga olingan.
«To‘qto‘g‘ul bog‘i yaqinida Andijon viloyatida yashovchi 34 yoshli X.Sh.Sh vazni 2 kg 300 g bo‘lgan charras olayotgan vaqtida jinoyat ustida ushlandi. Fuqaro Jalolobod viloyatining Orol qishlog‘ida yashovchi, Qirg‘iziston fuqarosi bo‘lgan ayol P.O.A orqali O‘zbekistonga giyohvandlik moddalarini olib kirishni rejalashtirgan», — deyiladi xabarda.
Sheriklar avtovokzal yaqinida ushlanib, Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining Jalolobod viloyati boshqarmasi tergov bo‘limiga olib borilgan va tergov izolyatoriga joylashtirilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
Mavzuga oid
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi
20:42 / 20.05.2025