Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda profilaktik nazorat instituti joriy qilinadi
2022-2025 yillarda O‘zbekistonda jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimini rivojlantirish strategiyasini 2023 yilda amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” e’lon qilindi.
Ma’muriy nazorat va profilaktik hisob institutlari negizida profilaktik nazorat institutini joriy qilish ko‘zda tutilmoqda.
Bunda:
ma’muriy nazorat va profilaktik hisob institutlarini bekor qilish;
profilaktik nazorat institutini joriy qilish;
profilaktik nazoratdagi shaxslarga o‘rnatiladigan majburiyatlar va cheklovlar, ularni qisman va to‘liq qo‘llash asoslarini belgilash nazarda tutiladi.
Sodir etilgan jinoyatlar asl omillarini aniqlash va bartaraf etishda huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organlar va muassasalar vakolat doirasini aniq belgilash rejalashtirilgan.
Bunda:
sodir etilgan jinoyatlar omillarini aniqlashda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud, mas’ul ilmiy tashkilotlar mutaxassislari vazifalari va majburiyatlari aniq belgilanadi;
jinoyatlar omillarini bartaraf etishda huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organlar va muassasalar majburiyatlari to‘liq belgilanib, shaxsiy javobgarlik doirasi aniqlashtiriladi.
Mavzuga oid
13:15 / 01.04.2025
Tovar, transport va shaxslarning xavf darajalariga ko‘ra bojxona nazorati shakllari qo‘llanadi
14:53 / 05.03.2025
Foydali qazilmalarni qazib chiqarishni nazorat qilish tartibi tasdiqlandi
09:35 / 04.12.2024
Mahallalarda ijtimoiy profilaktika tadbirlari o‘tkaziladi
09:55 / 15.10.2024