Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Ukraina G‘arb gaubitsalaridan to‘liq foydalana olmayapti
Ukraina harbiylari bir vaqtning o‘zida G‘arb yetkazib bergan zambaraklarning faqat uchdan ikki qismini qo‘llay olishi mumkin. Qolgani faol foydalanish tufayli ta’mirlashga muhtoj bo‘ladi.
Ukraina G‘arbdan yetkazib berilgan taxminan 350 ta gaubitsadan bir vaqtning o‘zida faqat uchdan ikki qismini qo‘llay oladi. Bu haqda The New York Times nashri AQSh va Ukrainadagi manbalariga tayanib xabar bermoqda.
Maqolada keltirilishicha, qurollar frontda muntazam ishlatilayotgani tufayli ularning uchdan bir qismi doimo ta’mirlashga muhtoj bo‘ladi. Xususan, manbalar so‘zlariga ko‘ra, foydalanilayotgan 155-millimetrli snaryadlarning ayrimlari avval sinovdan o‘tkazilmagan, endi esa bunday o‘q-dori gaubitsa stvollarini tezroq ishdan chiqarishi ma’lum bo‘lmoqda.
Gazetaning aniqlashicha, AQSh mudofaa vazirligi shikastlangan qurollarni tiklash uchun Polshada ta’mirlash ustaxonasi tashkil etgan.
Ukrainlarda sovetlar namunasidagi gaubitsalar uchun snaryadlar tugay boshlagach, G‘arb yetkazib beradigan artilleriya ular uchun eng kerakli yordamga aylandi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025