Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shimoliy Koreya dunyodagi eng kuchli yadroviy kuchlarini yaratmoqchi
Kim Chen In Shimoliy Koreyani dunyodagi eng qudratli yadroviy davlatga aylanishi kerakligini aytdi.
Shimoliy Koreya rahbari harbiylar va olimlarga murojaat qilib, mamlakatning yadroviy qudratini oshirish kerakligini ta’kidladi.
Shuningdek, u 18 noyabr kuni «Xvason-17» qit’alararo ballistik raketasini uchirishda ishtirok etgan texnik xodimlarni mukofotlash bo‘yicha ko‘rsatma berdi.
Kim Chen In «Xvason-17» sinovlariga katta umid bog‘lamoqda. Raketa AQSh hududiga yetib borish va «Amerika yadroviy tahdidi»ni qaytarishga qodir – Kim buni Shimoliy Koreya armiyasi uchun asosiy vazifa deb hisoblaydi.
U «Xvason-17»ni dunyodagi eng qudratli strategik qurol deb atadi.
Kim Chen In ballistik raketa sinovida rafiqasi va ismi oshkor qilinmagan 12 yoshli qizi bilan shaxsan ishtirok etdi. Bu davlat rahbari qizining birinchi marta omma oldiga chiqishi edi.
21 noyabr kuni Qo‘shma Shtatlar Shimoliy Koreyaning yadroviy sinovlarini muhokama qilish uchun BMT Xavfsizlik kengashini chaqirishni talab qildi. Shimoliy Koreya Mehnat partiyasi markaziy qo‘mitasi rahbari o‘rinbosari, Kim Chen In singlisi Kim Yo Chon BMT Xavfsizlik kengashini provokatsiyada va «ikki tomonlama standartlar siyosatida» aybladi.
Mavzuga oid
14:39 / 27.05.2025
Shimoliy Koreyada amaldor ag‘darilgan esminets tufayli hibsga olindi
20:05 / 22.05.2025
KXDRda yangi esminetsni suvga tushirish vaqtida «jiddiy avariya» yuz berdi
20:49 / 15.05.2025
Tramp AQSh va Eron yadro kelishuviga yaqin ekanini aytdi
19:20 / 10.05.2025