Xersonda hamshiralar yashirgan yetimlar, Donbassdagi ukrain raketachilari. Urush suratlari
Rossiya qo‘shini Dnepropetrovsk oblasti bo‘ylab raketa zarbasi yo‘lladi — vayrongarchiliklar bor, ammo aholi jabrlanmagan. Bundan tashqari, Krivoy Rogda raketa zarbalari oqibatida temiryo‘l faoliyati buzilgan, ammo jabrlanuvchilar haqida xabar berilmagan. Xersonda elektr uzatish boshlandi, Kiyevda esa elektr ta’minoti qariyb to‘liq tiklangan. Amerikadagi Urushlarni tadqiq etish instituti (ISW) yaqin haftalar ichida, yomg‘irlar to‘xtab, sovuq tushgach, Ukrainada harbiy harakatlar intensivligi oshishini prognoz qildi. The New York Times NATO vakiliga asoslanib xabar berishicha, alyans a’zosi bo‘lgan 30 davlatdan 20 tasi, ular orasida AQSh ham bor, Ukrainaga qurol-yarog‘ jo‘natish bo‘yicha o‘z resurslarini sarflab bo‘lgan.
Quyida 27 noyabr, urushning 277-kunida Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.
Xersondagi hospitaldan boshpana topgan yetimlar
Ukraina tomoni rossiyaliklar bosib olingan hududlardagi bolalarni zo‘rlik bilan annexia qilingan Qrim va Rossiya hududiga olib ketishganini ta’kidlaydi. Ukraina hukukmati rasmiylariga ko‘ra, minglab bolalar, jumladan Xersondagi bolalar uyidan 46 nafar bola o‘g‘irlangan.
Sakkiz oylik okkupatsiya vaqtida imkoniyati cheklangan bolalar, shuningdek Xerson bolalar uyidagi bemor bolalar davolanish uchun bolalar shifoxonasiga joylashtirilgan. Okkupatsiyaning ilk kunlaridanoq shifoxona xodimlari ikki oydan ikki yarim yoshgacha bo‘lgan o‘nlab yetim bolalar haqida qayg‘urishgan. Xodimlar zarur vositalar yetishmovchiligi sharoitida kuniga 24 soatdan ishlashgan. Rossiyalik harbiylar hospitalga kelganida esa, shifokorlar sog‘lom bolalarni olib ketmasliklari uchun, soxta tibbiy kartalar tayyorlab, ularni juda og‘ir bemor sifatida ko‘rsatishgan. Shu tariqa, bolalar Rossiyaga olib ketilishining oldi olingan.
11 noyabr kuni Ukraina Xersonni o‘z nazoratiga qaytardi, ammo shifoxonadagi sharoitlar hamon og‘irligicha qolmoqda. Butun shahar bo‘ylab elektr ta’minotida muammolar saqlanib qolmoqda, Rossiya qo‘shini shaharni muntazam ravishda o‘qqa tutmoqda, shu tufayli shifoxona xodimlarining bir qismi ishdan bo‘shab, Xersonni tark etishgan. Ayrim hamshiralar endi 48 soatdan 72 soatgacha uzluksiz ishlashiga to‘g‘ri kelmoqda, ular chiroq yorug‘ida nafaqat yetim bolalar, balki boshqa bemorlarga ham g‘amxo‘rlik qilishi kerak. Hamshiralardan biri yetim qizaloqni asrab olgan. Bolalar uyidan yo‘qolgan 46 nafar bolaning taqdiri esa noma’lum bo‘lib qolmoqda.
Xarkivda blekaut chog‘ida bolalarni xursand qilayotgan animator
Butun Ukraina bo‘ylab mamlakat energetika tizimidagi ta’mirlash ishlari uchun elektrdan rejali uzish jarayoni olib borilmoqda. 21-27 noyabr kunlari davomida Xarkiv va oblast hududida kuniga uch soat elektr o‘chirildi. Quyidagi suratda katta yoshli kishi bolalar vaqtini chog‘ o‘tkazishi uchun olov bilan tomosha ko‘rsatmoqda.
Xersondagi kundalik hayot
Chasiv Yar o‘qqa tutilishi oqibatlari
Donbass shimolidagi ukrain raketachilari
Ukraina qurolli kuchlari Bosh shtabining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya qo‘shini Liman, Baxmut va Avdeyevka yo‘nalishlarida keng ko‘lamli yurish boshlashga tayyorlanmoqda. Shu bilan birga, ukrain harbiylari RF qurolli kuchlarining Yakovlevka, Soledar, Baxmut, Andreyevka, Novobaxmutovka, Opitnoye, Vodyanoye, Pervomayskoye, Nevelskiy va Novomixaylovka hududlaridagi hujumlarini qaytargan — bu shahar va qishloqlarning barchasi Donetsk oblastida joylashgan. Quyidagi suratlarda Ukraina armiyasi jangchilari «Grad» baravar o‘t ochish reaktiv tizimidan rossiyaliklarning Baxmut atrofidagi pozitsiyalarini o‘qqa tutishi tasvirlangan.
Mavzuga oid
14:17
Vengriya Ukraina bilan chegarada HMM tizimlarini o‘rnatish niyatida
09:12
Britaniya Ukrainadagi vaziyat keskinlashganini ma’lum qildi
22:23 / 21.11.2024
Rossiya «Rubej»ni ishga soldi. Bu raketa yadroviy kallakni ham olib ucha oladi
21:52 / 21.11.2024