Baxmutda turgan ukrain jangchilari, «DXR»da frontdan qaytgan talabalar. Urush suratlari
«DXR»ning Kreml tomonidan tayinlangan rahbari Denis Pushilin Rossiya qo‘shini Donetsk oblastidagi Baxmut shahrini qurshab olishga yaqin turgani haqida aytdi. Ukraina tomoni bu bayonotni tasdiqlamadi. Dmitriy Peskov rossiyalik harbiylar Zaporijjya AESni tark etishga tayyorlanayotgani haqidagi xabarni rad etdi, bu haqda avvalroq Ukrainaning «Energoatom» kompaniyasi rahbari Petro Kotin ma’lum qilgandi. Kiyev shahri meri Vitaliy Klichkoning aytishicha, Ukrainada elektr energiyasidan doimiy uzilishlar bahorga qadar davom etishi mumkin. Rostov, Belgorod, Bryansk, Kursk va Novokuznetskda bombapanagohlar joylashuvi ko‘rsatilgan tablichkalar paydo bo‘ldi. «Yedinaya Rossiya» Saxalindan bo‘lgan harbiylarning onalari va turmush o‘rtoqlarini «DXR»ga «komandirovka»ga jo‘natdi — ular «gumanitar yordam yetkazilishini nazorat qilishi» va «harbiy xizmatchilarning talablari qanday bajarilayotganiga guvoh bo‘lishi» uchun.
Quyida 28 noyabr, urushning 278-kunida Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.
Xerson oblastida rossiyalik harbiylar tomonidan qatl etilgan aholi vakillarining jasadlarini eksgumatsiya qilish jarayoni
Ukraina bosh prokurori ofisiga ko‘ra, Xerson oblastining Pravdino qishlog‘ida 12 aprel kuni rossiyalik harbiylar tinch aholi vakillaridan yetti kishini shafqatsizlarcha o‘ldirgan — olti erkak va bir ayolni. Ularning qo‘l-oyoqlarini bog‘lashgan va yaqin masofadan turib, ensadan otishgan. Keyin jinoyat izlarini yashirish uchun rossiyaliklar jasadlar qoldirilgan uyni portlatib yuborishgan. Keyinroq mahalliy aholi vakili xarobalar ostidan jasad qoldiqlarini topgan va ularni dafn etgan. Xerson oblastining Rossiya tomonidan ozod etilgan hududining bir qismi noyabr oyida ozod etildi — endi politsiya va sud tibbiyot ekspertlari yetti jasad qoldiqlarini eksgumatsiya qilishi mumkin.
Buchadagi «yengilmas punktlar»
«Yengilmas punktlar» — maxsus palatkalar bo‘lib, bunday joylarda ukrainlar isinishi va elektrdan foydalanishi mumkin, hozircha RF armiyasining energetika tizimlarini yoppasiga o‘qqa tutishi oqibatida mamlakatda elektr va issiqlik ta’minoti bo‘yicha muammolar saqlanib qolmoqda. Bundan tashqari, ma’muriyat binolari, bolalar bog‘chalari, maktablar va boshqa jamoat joylaridagi maxsus jihozlangan xonalar ham «yengilmas punktlar» vazifasini bajarmoqda. Bunday loyiha yo‘lga qo‘yilishi haqida 22 noyabr kuni Volodimir Zelenskiy e’lon qilgandi. «Yengilmas punktlar»ni jihozlash va ularning faoliyatini ta’minlashga Ukraina davlat favqulodda vaziyatlar xizmati mas’ul bo‘ladi. Barcha punktlar joylashuvi loyiha sayti interaktiv kartasida ko‘rsatilgan.
Demobilizatsiya qilingan talabalar «DXR»ga qaytdi
«DXR»da hududning Kreml tomonidan tayinlangan rahbari Denis Pushilin 18 noyabr kuni imzolagan farmonga muvofiq, demobilizatsiya qilingan (harbiy xizmatdan bo‘shatilgan) talabalarni qarshi olish marosimi bo‘lib o‘tdi. O‘zini o‘zi respublika deb e’lon qilgan hududdagi oliy o‘quv yurtlari talabalari 21 sentabr kuni e’lon qilingan safarbarlikdan keyin RF armiyasiga chaqirilgandi. 13 noyabr kuni Vladimir Putin safarbarlik kunduzgi, kechki va sirtqi shaklda ta’lim oluvchi talabalarga taalluqli emasligi va ularni ortga qaytarish to‘g‘risida farmonini imzolagandi. Demobilizatsiya qilingan talabalarga faxriy yorliqlar topshirildi.
Baxmutdagi frontda ukrain askarlari
28 noyabr kuni Denis Pushilin RF qo‘shini bugungi kundagi harbiy harakatlar markazida turgan Baxmutni qurshab olishga yaqin turganini aytdi. Rossiyaning Baxmut atrofidagi muvaffaqiyatlari haqida rossiyalik harbiy muxbirlar ham xabar qilgan, shaharda bo‘lib turgan The New York Times muxbirlari esa hujumlar intensivligi oshgani, Ukraina qurolli kuchlari safida yaradorlar ko‘payib ketgani haqida xabar qilishgan.
Ukraina qurolli kuchlari bosh shtabi kechqurungi hisobotida Baxmut qurshovga tushib qolishi mumkinligini tasdiqlamadi, Amerikadagi Urushlarni tadqiq qilish instituti (ISW) hisoblashicha, Rossiya qo‘shinlarining Baxmut yo‘nalishidagi muvaffaqiyatlari bo‘rttirib ko‘rsatilmoqda — bunday bayonotlarni sun’iy yo‘ldosh tavirlari tasdiqlamagan. Ekspertlarning so‘zlariga ko‘ra, agar RF armiyasi Baxmutga yondosh joylashgan aholi yashash manzillarini o‘z nazoratiga olsa ham, bu shahar ta’minoti uchun foydalanilayotgan yo‘llarga tahdid sololmaydi.
Limandagi hayot
Liman — Donetsk oblastida Slovyansk shahridan 30 kilometr masofada joylashgan bo‘lib, oktyabr oyida Ukraina qurolli kuchlari nazoratiga qaytgandi. Mahalliy aholi hamon issiqlik tizimi, elektr va suv ta’minotisiz kun kechirishga majbur bo‘lmoqda. Ukraina nashrlari yozishicha, shaharda birorta butun uy qolmagan. 24 noyabr kuni prezident ofisi maslahatchisi Aleksey Arestovich «Rossiya qo‘mondonligi Liman yo‘nalishida zarba berish uchun kuch to‘playotgani» haqida aytdi.
Mavzuga oid
23:26 / 09.11.2024
“G‘arbning geosiyosiy ochko‘zligi kelishmovchiliklar bosh sababi” – Putinning “Valday”dagi chiqishi
17:00 / 09.11.2024
The Telegraph: Tramp rejasi Britaniya qo‘shinlarini Ukraina chegarasiga joylashtirishni nazarda tutadi
11:08 / 09.11.2024
563 nafar harbiyning jasadi Ukrainaga qaytarildi
09:08 / 09.11.2024