Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston Andijon suv ombori bo‘yicha kelishuvni ratifikatsiya qildi
Andijon suv ombori suv resurslari Qirg‘iziston va O‘zbekiston qo‘shma komissiyasi tomonidan boshqariladi.
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov «Qirg‘iziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati o‘rtasida 2022 yil 3 noyabrda Bishkekda imzolangan Kampirobod (Andijon) suv ombori suv resurslarini birgalikda boshqarish to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qilish haqida»gi qonunni imzoladi.
Hujjatda 3 noyabr kuni Bishkekda imzolangan Kampirobod (Andijon) suv omborining suv resurslarini birgalikda boshqarish to‘g‘risidagi ikki davlat o‘rtasidagi kelishuvni ratifikatsiya qilish taklif etilgan.
«Shartnoma Qirg‘iziston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida Qirg‘iziston-O‘zbekiston davlat chegarasining ayrim uchastkalari to‘g‘risidagi bitimga muvofiq tayyorlangan. Uning maqsadi qo‘shma komissiya tomonidan suv ombori suv resurslarini boshqarishdir», — deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Bu qonun bilan suv ombori joylashgan hudud O‘zbekistonga tegishli ekani haqidagi bahslarga barham beriladi, ombor ikki davlat tomonidan hamkorlikda boshqariladi.
Japarov shu kuni o‘zbek-qirg‘iz davlat chegarasining 302,29 km uzunlikdagi uchastkalariga doir shartnomani ratifikatsiya qilish bo‘yicha qonunni ham imzoladi.
Avvalroq O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov chegara bitimi tafsilotlarini ma’lum qilgan edi.
Mavzuga oid
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
20:42 / 20.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
20:07 / 20.05.2025