Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Japarov O‘zbekiston bilan chegara bitimini ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
Endi O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegara masalasini hal qilish arafasida turibdi.
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov «3 noyabr kuni Bishkek shahrida imzolangan Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasidagi Qirg‘iziston-O‘zbekiston davlat chegarasining ayrim uchastkalari to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish haqida»gi qonunni imzoladi. Bu haqda prezident ma’muriyatida ma’lum qildi.
Qonun Jogorku Kenesh tomonidan 2022 yil 17 noyabrda ma’qullangan edi.
Mazkur btim Qirg‘iziston-O‘zbekiston davlat chegarasining 302,29 km uzunlikdagi uchastkalariga oid bo‘lib, ikki davlat o‘rtasidagi chegara bo‘yicha bahslarga yakun yasashda muhim o‘rin tutadi.
Avvalroq O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov kelishuv tafsilotlarini ma’lum qilgan edi.
Mavzuga oid
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi
20:42 / 20.05.2025