Turkmaniston prezidenti amakivachchasini bardagi mushtlashuvi uchun ishdan bo‘shatdi
Serdar Berdimuhamedov yaqin qarindoshi Ahmet Geldimurodovni o‘ta mast holda prokurorni urgani uchun yuqori lavozimdan bo‘shatgan.

Foto: Turkmen.news
Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov amakivachchasi Ahmet Geldimuradovni «Turkmengaz» davlat konserni raisi o‘rinbosari lavozimidan ozod qildi. Sababi — Ashxoboddagi barlardan biridagi mushtlashuv.
Geldimuradov barda o‘ta mast holatda yuqori lavozimli prokurorning boshiga shisha bilan tushirgan. Turkmen.news xabariga ko‘ra, voqea taxminan bir oy oldin sodir bo‘lgan.
Mushtlashuv muassasa ichidagi videokuzatuv kameralariga tushib qolgan. Manbaning aytishicha, keyinchalik video prezident va uning otasi Gurbanguli Berdimuhamedovga ko‘rsatilgan. Oradan ko‘p o‘tmay janjalchi ishdan bo‘shatib yuborilgan. Ma’lum qilinishicha, endi u oilasi bilan dam olish uchun Dubayga jo‘nab ketgan.
Xabarda ta’kidlanishicha, Ahmet Geldimuradovni lavozimga tayinlash yoki lavozimidan ozod etish to‘g‘risida birorta ham rasmiy farmon e’lon qilinmagan. Ammo 2021 yil oktyabr oyida Tehronda o‘tkazilgan Turkmaniston-Eron iqtisodiy qo‘shma komissiyasi ishtirokchilari ro‘yxatida Ahmet Geldimuradov «Turkmengaz» davlat konserni raisi o‘rinbosari sifatida ko‘rsatilgan.
Ahmet Geldimuradov sobiq prezident Gurbanguli Berdimuhamedovning kichik singlisi Myahri Berdimuhamedovaning o‘g‘lidir. Uning Malayziyada tahsil olgani ma’lum.
Mavzuga oid

21:21 / 03.04.2025
Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Qozog‘iston prezidentlari bilan uchrashdi

00:41 / 30.03.2025
Saida Mirziyoyeva Turkmanistondagi xalqaro konferensiyada ishtirok etdi

20:08 / 21.03.2025
Turkmaniston prezidenti «Qadr kechasi» munosabati bilan 321 nafar mahbusni afv etdi

17:00 / 19.03.2025