O‘zbekiston | 07:21 / 30.11.2022
7383
1 daqiqa o‘qiladi

Volodin O‘zbekiston va Rossiya uch sohada aloqalarni kuchaytirishi zarurligini bildirdi

Senat raisi Tanzila Norboyeva Rossiya Federal Majlisi Davlat dumasi raisi Vyacheslav Volodin bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Foto: Dunyo

Uchrashuvda tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari, savdo-iqtisodiy, investitsiya, innovatsiya, transport-logistika, agrosanoat, ilmiy-texnik sohalarida istiqbolli loyihalarni ilgari surish, ta’lim va madaniy-gumanitar almashuvlarni kengaytirish hamda parlamentlararo hamkorlik masalalarini muhokama qildi.

Rossiya Davlat dumasi raisi Vyacheslav Volodin parlamentlar imkoniyatlari doirasida ikkala davlat rahbarlari darajasida qabul qilingan qarorlar ijrosini ta’minlash muhimligini ta’kidlab, bugungi kunda O‘zbekiston Rossiyaning muhim iqtisodiy sherigi ekani, mamlakatlar o‘rtasida savdo aylanmasi o‘sayotgani va bundan kelib chiqqan holda transport, sanoat, turizm va boshqa sohalarda aloqalarni kuchaytirish zaruratiga urg‘u berdi.

Uchrashuv davomida xalqaro parlamentlararo tashkilotlar doirasida hamkorlikni mustahkamlash muhimligi qayd etildi. Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid