Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston prezidenti sudga chaqiriladi
Sadir Japarov 2010 yilgi voqealar bo‘yicha o‘tkazilayotgan sud mahkamasida guvoh sifatida so‘roq qilinishi kerak.
Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrining Pervomayskiy tuman sudi 2010 yil iyun voqealari bo‘yicha jinoyat ishini ko‘rishda davom etmoqda.
1 dekabr kuni sudga sobiq prezident Almazbek Atambayev keltirilgan. Ammo u tartibni buzgani uchun sud zalidan olib chiqilgan.
So‘ngra Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining sobiq rahbari Keneshbek Duyshebayev keltirilgan. U prezident Sadir Japarov, Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Qamchibek Tashiyev va parlamentning sobiq spikeri Talant Mamitovni guvoh sifatida sudga chaqirish to‘g‘risida iltimosnoma kiritgan.
Sudya Chingizbek Berdimuratov ayblanuvchining iltimosnomasini qanoatlantirgan. Endi sudga Sadir Japarov, Qamchibek Tashiyev va Talant Mamitov chaqiriladi. Ular guvoh sifatida so‘roq qilinadi.
Iyun voqealari bo‘yicha jinoiy ish tergovi 2021 yil aprel oyida qayta boshlangan edi. Mazkur ish yuzasidan Qirg‘iziston Respublikasi Jinoyat kodeksining «Xizmat vakolatini suiiste’mol qilish» moddasi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda. Muvaqqat hukumat mansabdor shaxslariga nisbatan 2010 yil may-iyun oylarida taniqli tadbirkor, millatlararo adovat qo‘zg‘atganlikda ayblangan Qodirjon Botirovning mamlakatdan to‘siqlarsiz, noqonuniy chiqib ketishiga yordam berganlik fakti bo‘yicha ish qo‘zg‘atilgan. Sud fikriga ko‘ra, bu voqea respublika janubida fojiali oqibatlarga olib kelgan.
Mavzuga oid
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
20:42 / 20.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
20:07 / 20.05.2025