Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada Chevrolet avtomobillari kontrabanda yo‘li bilan sotila boshladi
Chevrolet kompaniyasi Rossiyani tark etganidan so‘ng, dilerlar avtomobillarni kontrabanda yo‘li orqali mamlakatga olib kirmoqda.
Moskva viloyatidagi Chevrolet dilerlik markazi 2021 va 2022 yilda ishlab chiqarilgan Nexia avtomobilini sotuvga qo‘ydi. Ikkala mashina ham 106 ot kuchiga ega 1,6 litr hajmdagi dvigatel bilan jihozlangan.
Diler mexanik transmissiya bilan jihozlangan 2021 yilgi model uchun 1 mln 200 ming rubl (qariyb 20 ming dollar), avtomatik transmissiya bilan jihozlangan 2022 yilgi model uchun 1 mln 375 ming rubl (22,5 ming dollar) so‘ramoqda.
O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan Chevrolet avtomobillari ilgari Rossiyada rasman sotilar edi. Ammo Ukraina bosqini boshlanganidan keyin, ko‘plab xorij kompaniyalari kabi Chevrolet ham Rossiya bozorini tark etdi.
Shundan so‘ng, Rossiya hukumati Chevrolet avtomobillarini ishlab chiqaruvchining roziligisiz (ya’ni kontrabanda yo‘li bilan) sotishga ruxsat berdi. Rossiya qonunchiligida bu «parallel import» nomini olgan.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025