Ukraina qurolli kuchlari Bosh shtabiga ko‘ra, rossiyaliklar Zaporijjya oblastining RF nazoratidagi hududlaridan qator bo‘linmalarini olib ketmoqda va hududdagi aholi yashash manzillaridan Rossiya ta’siridagi ma’muriyat xodimlarini evakuatsiyaga tayyorlamoqda. RF mudofaa vazirligi ma’lum qilishicha , Rossiya qo‘shini Donetsk oblastidagi Kurdyumovka va Andreyevka qishloqlarini egallagan. Shu bilan birga, Ukraina tomoni mamlakat kuchlari Kurdyumovkaga hujumni muvaffaqiyat bilan qaytargani haqida xabar berdi . Xerson RF armiyasi tomonidan o‘qqa tutish davom etayotgani tufayli to‘liq toksiz qolgandi , kun oxiriga borib shaharda ta’minot 65 foizga tiklangan. Rossiya va Ukraina yangi asirlar almashinuvini o‘tkazdi : har ikki tomon 50 nafardan odamini ozod qildi. Fransiya yevropalik va ukrain hamkorlar bilan Rossiyaning Ukrainadagi harakatlarini tekshirish uchun maxsus tribunal tashkil etish ustida ish boshladi. Kremldagilar Ukraina bo‘yicha tribunallar tashkil etilishi legitim bo‘lmasligi va ularni Rossiya tan olmasligini bildirishdi.
Quyida 1 dekabr, urushning 281-kunida Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.
Kun kadri. Kiyevlik shifokorlar chiroq yorug‘ida operatsiya qilmoqda
Ukraina hukumati hamon butun mamlakat bo‘ylab elektr energiyasini reja asosida o‘chirishga majbur bo‘lmoqda. Bu nafaqat turar joylar, do‘konlar va ko‘cha yoritish tizimlariga, balki shifoxonalarga ham taalluqli. Shifokorlar ko‘pincha qorong‘ida ishlashga majbur bo‘lmoqda — bu fotosuratda kiyevlik shifokorlar mobil telefon fonari yorug‘ida operatsiya o‘tkazishmoqda.
Abdullah Unver / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Xersondagi hayot
Xerson yaqinidagi Pravdino qishlog‘i atrofidagi o‘rmonda snaryad parchalari uyumi. 10 noyabr holatiga ko‘ra , ukrain harbiylari Xerson oblastidagi 40 dan ortiq shahar va qishloqlarni ozod etgan, oy boshida rossiyalik harbiylar bu hududlardan chekingandi. Hududda Ukraina nazoratiga qaytgan so‘nggi aholi yashash manzili Dnepr sohilidagi Lvovo qishlog‘i bo‘lgandi, ukrain harbiylari Xersondan 54 kilometr masofadagi bu qishloqqa 13 noyabr kuni kirishgan.
Roman Pilipey / EPA / Scanpix / LETA
Xersonda vayron bo‘lgan ko‘p qavatli kvartira oldida turgan bola. Shahar artilleriya zarbalaridan kuchli darajada shikastlangan, Rossiya qo‘shini chekinishdan oldin energiya ta’minoti tizimini butkul vayron qilgan
Chris McGrath / Getty Images
Xersonliklar eng zarur mahsulotlar va vositalarni qabul qilib olishmoqda. Xerson ozod etilgach, shahar meri maslahatchisi Roman Golovnya shaharda «gumanitar falokat» yuzaga kelgani, aholiga suv, dori-darmon va oziq-ovqat mahsulotlari yetishmayotganini aytgandi .
Chris McGrath / Getty Images
Odessadan Xersonga maxsus kelgan elektr montajchilar vayron bo‘lgan elektr uzatish liniyasini tuzatishmoqda. Ular RF armiyasi tomonidan muntazam zarbalar berilishi sharoitida ishlashmoqda, bunday zarbalarning so‘nggisi 1 dekabrga o‘tar kechasi amalga oshirilgan . Xersondan tashqari oblastning boshqa qator aholi yashash manzillari ham shikastlangan. Oblast harbiy ma’muriyati rahbari Yaroslav Yanushevichning so‘zlariga ko‘ra, snaryadlar xususiy va ko‘p qavatli turar joy binolariga kelib tushgan, bir kishi halok bo‘lib, ikki kishi yaralangan.
Chris McGrath / Getty Images
Xersonda otishmalar vaqtida yakson etilgan avtomobillar va binolar fonidagi keksa yoshli ayol
Chris McGrath / Getty Images
Xersondagi oila vakillari 94 yoshli qarindoshini evakuatsiya poyezdiga olib chiqishga harakat qilmoqda. Ukraina hukumati 19 noyabr kuni shunday evakuatsiya poyezdlari haqida e’lon qilgandi . Shahar ozod etilganidan ikki kun o‘tib bu yerda ilk poyezd yo‘lga chiqli — Mikolayivga. Poyezd odamlarni Ukraina janubidagi boshqa shaharlarga, masalan Odessa va Kriviy Rihga eltmoqda. Bu yerlardan Xerson oblasti aholisi mamlakatning boshqa xavfsiz hududlariga yo‘l oladi.
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Donbass shimoli sovuq kunlar arafasida
Liman yaqinida Shimoliy Don daryosi ustidan o‘tgan ko‘prikning ko‘rinishi — Donetsk oblastidagi bu shaharni 1 oktyabr kuni Ukraina armiyasi qaytarib olgandi, o‘shanda RF mudofaa vazirligi buni Rossiya armiyasi «nisbatan qulay pozitsiyaga ko‘chgani» bilan izohlagandi.
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Ukraina FVV xodimlari Baxmutdagi o‘t o‘chiruvchilar stansiyasida o‘tin tayyorlamoqda. Ukraina nazoratidagi bu shahar muntazam ravishda o‘qqa tutilmoqda . Ko‘ngillilar shaharda qolgan tinch aholi vakillarini olib ketishga harakat qilmoqda.
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Ukrainalik o‘t o‘chiruvchilar Baxmutda o‘qqa uchragan qishloq xo‘jaligi ombori hududida ishlamoqda. Tomda snaryad parchalaridan hosil bo‘lgan teshiklar ko‘rinib turibdi.
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Baxmut atrofidagi ukrain tanklari
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
Pokrovsk vokzalida evakuatsiya poyezdi oynasidan qarab turgan bola. Donetskdan 55 kilometr shimoli-sharqda joylashgan bu shahar Ukraina qurolli kuchlari nazoratida — va Rossiya qo‘shini tomonidan o‘qqa tutilmoqda. Noyabr oyi boshlarida mahalliy maktab zarbaga uchragandi, jabrlanuvchilar haqida xabar qilinmagan. Foto: Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA