Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Rossiya hukumat rahbarlari uchrashuvi yakunida o‘ndan ortiq hujjat imzolandi
Samarqand shahrida O‘zbekiston va Rossiya hukumatlari rahbarlari darajasidagi qo‘shma komissiya 3-majlisi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va Rossiya hukumati raisi Mixail Mishustin raisligida o‘tgan yig‘ilishda mamlakatlar o‘rtasidagi strategik sheriklik va o‘zaro hamkorlik munosabatlari bugungi holati va istiqbollari muhokama etildi.
Joriy yil 15 sentabrida prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin tomonidan O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasida keng qamrovli strategik sheriklik to‘g‘risidagi deklaratsiya imzolangani ta’kidlandi. Hukumatlar oldiga turli sohalarda amaliy hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish vazifasi qo‘yilgan.
Majlisda istiqbolli sarmoyaviy loyihalar va savdo shartnomalari amalga oshirilishini ta’minlash hamda madaniy-gumanitar hamkorlikni chuqurlashtirish rejalarini kelishib olindi.
Tomonlar transport va tranzit sohasidagi hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdorligi bildirildi. Hududlar orqali tranzit yuk tashishda ishonchli transport-logistika zanjirlarini shakllantirish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.
Majlis yakuniga ko‘ra, o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan o‘ndan ortiq hujjat imzolandi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025