Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya O‘zbekistonda bug‘-gaz elektr stansiyasi qurilishiga 500 mln dollar miqdorida sarmoya kiritadi
Tokioda O‘zbekiston Strategik islohotlar agentligi bosh direktori Shuhrat Vafoyevning Yaponiya xalqaro hamkorlik banki (JBIC) raisi Nobumitsu Xayasi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
Uchrashuvda energetika, kimyo, AKT va boshqa sohalarda ijtimoiy va strategik ahamiyatga ega bo‘lgan infratuzilma loyihalari bo‘yicha bank bilan tizimli ishlarni davom ettirish muhimligi muhokama qilindi.
Yaponiya xalqaro hamkorlik banki rahbariyati bilan muzokaralar yakunlari bo‘yicha «IDiEf», «Sodjits Korporeyshn», «Kyuden Interneyshnl» i «Nebras» kompaniyalari ishtirokida Sirdaryo bug‘-gaz elektr stansiyasi qurilishi loyihasiga 500 million dollar miqdorida to‘g‘ridan to‘g‘ri sarmoya kiritish masalasi yuzasidan kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid
14:06 / 26.05.2025
Yaponiya bozori uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturlari ishlab chiqiladi
15:50 / 25.05.2025
Yaponiya kemasi Rossiya bilan bahsli orol yaqinida ogohlantirishsiz o‘t ochdi
21:15 / 21.05.2025
Yaponiya qishloq xo‘jaligi vaziri guruch haqidagi gaplaridan keyin iste’fo berdi
09:05 / 21.05.2025