Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT: Ukrainadagi urushda 6702 nafar tinch aholi vakili halok bo‘ldi
BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi Ukrainadagi urush paytida tinch aholi orasida qurbonlar bo‘yicha yangi statistik ma’lumotlarni e’lon qildi.
24 fevraldan 4 dekabrgacha, boshqarma ma’lumotlariga ko‘ra, 6702 nafar tinch aholi vakili (424 nafar bola) halok bo‘lgan. 10 479 kishi (775 bola) jarohatlangan.
Avvalroq Ukrainada 40 mingta urush jinoyati qayd etilgani xabar qilingandi.
Rossiya qo‘shinlarining Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishi boshlanganidan beri, mamlakat Adliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 40 mingta harbiy jinoyat qayd etilgan.
Ukraina adliya vaziri Denis Malyuska Germaniyaning Die Welt gazetasiga bergan intervyusida aytishicha, vazifa ikkita aniq jinoyat bo‘yicha jinoiy javobgarlikka tortishdan iborat: «xalqaro huquqqa zid bo‘lgan bosqinchilik harakati va genotsid akti».
«Boshqa davlatga hujum asossiz sodir etilgan bo‘lsa va hujumga uchragan davlat ochiq qarshilik ko‘rsatsa, bu - jinoiy javobgarlikka tortish uchun asos hisoblanadi. Buning uchun dalillar to‘playapmiz», - dedi Malyuska.
Bundan oldin Yevropa komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayyen Rossiyaning Ukrainadagi tajovuzini tekshirish uchun BMT tomonidan qo‘llab-quvvatlangan maxsus sud tuzishni taklif qilgandi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025