Kurskda aerodrom hududida yong‘in. Bu ikki kun ichida uchinchi holat
Seshanba kuni tongda Kursk aeroporti hududidagi neft saqlanadigan omborda yirik yong‘in yuzaga keldi. Region rahbari Roman Starovoytga ko‘ra, aerodromga dronlar hujum qilgan.
«Uchuvchisiz uchish qurilmalari hujumi oqibatida neft omborida yong‘in chiqdi. Jabrlanganlar yo‘q. Yong‘in o‘chirilgan. Barcha maxsus xizmatlar voqea joyida ishlamoqda», deya yozgan Starovoyt.
Aerodromdagi yong‘in dron zarbasi oqibatida kelib chiqqanini tasdiqlovchi boshqa ma’lumot yo‘q. RIA Novosti xabariga ko‘ra, soat 11 holatiga yong‘in maydoni 500 kv.m. hududni tashkil etgan.
Dushanba tongida bir vaqtning o‘zida Rossiya hududi ichkarisidagi ikkita harbiy aerodrom hujumga uchragandi - Ryazan yaqinida va Saratov oblastidagi Engels aerodromida portlashlar ro‘y berdi. Ikki aviabazada ham yadroviy qurol tashib yuruvchi strategik aviatsiya samolyotlari joylashgan.
Kursk! Gorit aerodrom. Udarnyy dron raznes neftebazu i ryadom stoyashchiye samolety.
— Dialog.UA (@Dialog_UA) December 6, 2022
A che, a kto, a ya ne znayu! pic.twitter.com/SFUZGjNd7Q
Rossiya hukumati bu hodisalarga ukrainlar dronlar orqali hujum qilgani sabab bo‘lganini ma’lum qildi. RF mudofaa vazirligiga ko‘ra, dronlar Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimlari orqali urib tushirilgan, ammo parchalar qulashi oqibatida uch nafar harbiy xizmatchi halok bo‘lgan, to‘rt nafari yaralangan, yana ikki samolyot korpusi shikastlangan.
Kursk aeroporti shahar chetida, markazdan 7 kilometr sharqda joylashgan. Bu yerdan Ukraina chegarasigacha to‘g‘ridan to‘g‘ri masofa - 100 km atrofida. Bu ham fuqarolik, ham harbiy aviatsiya uchun foydalaniladigan aerodrom hisoblanadi. Rossiyaning Ukrainaga bosqini boshlangach, aeroport fuqarolik reyslariga xizmat ko‘rsatmayapti, chunki hudud osmoni fuqarolik aviatsiyasi parvozlari uchun yopilgan.
Ochiq manbalardagi ma’lumotlarga ko‘ra, ayni vaqtda aerodrom hududida G‘arbiy harbiy okrugning 14-gvardiya qiruvchi aviapolki bazasi joylashgan, bu polk ixtiyorida Su-30SM samolyotlari mavjud. Aerodrom eng yaqin aholi yashash manzili bo‘lgan Xalino nomi bir xil nomlanadi.
Kurskdagi aerodrom avval ham hujumga uchragandi. 6 avgust kuni Rossiya hukumati aeroport hududida qo‘poruvchilik harakati sodir etilishining oldi olingani haqida xabar bergan, ammo tafsilotlar keltirilmagandi. Keyinroq Baza telegram-kanali aeroport hududiga 45 millimetrli beshta minomyot snaryadlari kelib tushganini xabar qildi. Oblast ma’muriyati qurbonlar va jabrlanuvchilar bo‘lmaganini bildirgandi.
Mavzuga oid
22:59 / 26.11.2024
Ukraina – Janubiy Koreya: kutilmaganda paydo bo‘lgan ittifoq
19:07 / 26.11.2024
Ukraina armiyasiga yollangan britaniyalik Rossiyada asirlikka tushdi
17:41 / 26.11.2024
«Putin doim hujumga tayyor, Tramp – tabiatan developer». Merkelning memuaridan parchalar
13:20 / 26.11.2024