«Tuyabo‘g‘iz» suv ombori qorovuli ko‘mir isidan zaharlandi
Toshkent viloyatida suv ombori qorovuli ko‘mir isidan zaharlandi. U omon qolgan.

Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi
Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanidagi suv ombori qorovuli ko‘mir isidan zaharlandi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 5 dekabr kuni soat 10:15 da Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga O‘rta Chirchiq tumanidagi «Tuyabo‘g‘iz» suv omborida baliq yetishtirishga ixtisoslashgan xo‘jalikda qorovul bo‘lib ishlovchi 27 yoshli fuqaro ko‘mir isidan zaharlanib, sog‘lig‘i yomonlashgani va unga zudlik bilan yordam kerakligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Zudlik bilan aytilgan manzilga FVV qutqaruvchilari yetib borgan. Ular fuqaroni xavfsiz joyga olib chiqqan va birinchi tibbiy yordam ko‘rsatgan. Shundan so‘ng malakali tibbiy yordam ko‘rsatish uchun shifoxonaga yuborilgan. Hozirda fuqaroning ahvoli yaxshi va u o‘z uyida.
Mavzuga oid

10:12 / 15.05.2025
Toshkent viloyatida 13 ta tarixiy yodgorlikka zarar yetkazildi

14:50 / 13.05.2025
Toshkent viloyatida Malayziya vakillari uchun maxsus sanoat zonasi tashkil etilyapti

22:20 / 10.05.2025
Bekobod shahrida Damas piyodani bosib ketdi

07:40 / 06.05.2025