Donbassga kelgan Zelenskiy va Baxmutdagi ukrain artilleriyachilari. Urush suratlari
Ukrainada urushning 286-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Ukraina qurolli kuchlari kuni munosabati bilan Volodimir Zelenskiy oldingi chiziqqa keldi — Donetsk oblastining Slovyansk shahriga. U shuningdek Xarkiv oblastiga ham borishga ulgurgan va harbiy mukofotlar topshirgan;
- Rossiya FXX (FSB) Ukraina vitse-premeri Irina Vereshchuk va Ukraina TIV rahbari o‘rinbosari Emine Japarovaga xalqaro qidiruv e’lon qildi va Lefortovsk sudidan ularni Rossiyaning hududiy yaxlitligiga daxl qilinishi yuzasidan sirtdan hibsga olishni so‘radi;
- Kursk oblastida dronlar hujumi oqibatida aerodromda yong‘in ro‘y berdi. 5 dekabr kuni dronlar Saratov va Ryazan oblastlaridagi aerodromlarga hujum qilgandi, natijada rossiyalik uch harbiy halok bo‘lgan. RF mudofaa vazirligi bunda Ukrainani ayblagan;
- RF mudofaa vazirligi 60 nafar harbiy xizmatchi asirlikdan ozod etilganini xabar qildi;
- Anneksiya qilingan Donetsk shahri ma’muriyati Ukraina tomonining 6 dekabr kungi zarbalari oqibatida shaharda uch kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi;
- Ukraina bilan chegaradosh bo‘lgan Rostov oblastida politsiyachilar pulemyotdan o‘qqa tutildi. Taxminlarga ko‘ra, dezertirlikda gumonlanayotgan shaxs o‘t ochgan. Ikki politsiyachi yaralangan, hech kim halok bo‘lmagan.
Kun kadri. Kurskdagi aerodromga dron zarbasi
Donetsk o‘qqa tutilishi oqibatlari
Donetsk oblastining Rossiya tomonidan tayinlangan ma’muriyati shahar markazi ukrain harbiylari tomonidan o‘qqa tutilganini ma’lum qildi. Raketa zarbalari oqibatida, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, uch kishi halok bo‘lgan, ular orasida — annexia qilingan «DXR» parlamenti deputati ham bor.
Baxmut atrofidagi ukrain artilleriyachilari
6 dekabr kuni Ukraina qurolli kuchlari Bosh shtabi har kunlik hisobotida Donetsk oblastidagi Baxmut yo‘nalishida Rossiya qo‘shinlari aviatsiyani qo‘llagan holda faollik bilan yurish qilayotgani aytiladi. Ma’lum qilinishicha, bir kun oldin Ukraina armiyasi Donetsk oblastidagi sakkizta aholi yashash manzili hududida, jumladan Baxmutda ham rossiyaliklarning hujumlarini qaytargan. «LXR» vakillari Ukraina armiyasi yo‘qotishlarini to‘ldirish uchun Baxmut hududiga qo‘shimcha kuchlarini olib kelayotganini iddao qildi.
Prezident Zelenskiyning Slovyanskka tashrifi
6 dekabr — Ukraina qurolli kuchlari kunida — Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Donetsk shahridan 100 kilometr masofada joylashgan, ukrain kuchlari nazoratida qolayotgan Slovyansk shahriga tashrif buyurdi. Zelenskiy Ukraina qurolli kuchlarining front chizig‘i yaqinidagi pozitsiyalari va harbiy hospitalga tashrif buyurdi, shuningdek Ukraina armiyasi harbiylari va faxriylariga videomurojaat yo‘lladi. «Kimdir [Rossiya] o‘zini jahonning ikkinchi armiyasi deb ataydi, ammo barcha ko‘rib turibdiki, birinchi o‘rinda kimniki», — degan u. Prezident shuningdek «harbiy harakatlar hududi kengaygani, kurash — og‘irlashgani, to‘lov — yuqorilagani»ni ta’kidlagan. «Ammo o‘zgarmas, barqaror, po‘latdek bo‘lib qolayotgan narsalar bor — sizning jasoratingiz, bardoshingiz, irodangiz, demakki — bizning ozodligimiz», — deya qayd etgan Zelenskiy.
Mavzuga oid
13:17
Bayden hozircha Ukrainani NATOga taklif etishga chaqirmaslikka qaror qildi
08:45
Merkel Ukrainada urushdan chiqishning yo‘llari haqida ma’lum qildi
20:14 / 24.11.2024
Rossiya armiyasining «Janub» qo‘shinlar guruhi qo‘mondoni lavozimidan chetlatildi
19:21 / 24.11.2024