Sport | 16:05 / 07.12.2022
12966
1 daqiqa o‘qiladi

Eden Azar Belgiya milliy jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi

Foto: Getty Images

Belgiya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Eden Azar uchun JCh-2022 faoliyatidagi so‘nggi xalqaro turnir bo‘ldi.

«Real» futbolchisi milliy jamoa safidagi faoliyatini yakunlaganini rasman ma’lum qildi. 

«Bugun sahifalardan biri yopilmoqda... Sevganingiz, qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun rahmat! 2008 yildan buyon birga baham ko‘rgan baxt uchun tashakkur. Milliy jamoadagi faoliyatimni yakunlashga qaror qildim. O‘rnimga o‘rinbosarlar tayyor. Sog‘inib qolaman», - deya yozadi Azar. 

Ma’lumot uchun, Eden Belgiya safida 126 o‘yinda maydonga tushib, 33ta golga mualliflik qilgan. Azar JCh-2022da milliy jamoasi sardori sifatida to‘p surdi, ammo Belgiya guruhda qolib ketgandi.

Mavzuga oid