Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda tuman IIB boshlig‘i o‘rinbosari qo‘l ostidagi xodimga bosim o‘tkazgani yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlandi
Yakkabog‘ tumani IIB boshlig‘i 1-o‘rinbosari Ahror Yangiyev tuman IIB HPB profilaktika inspektori kapitan N.Samandarovga topshiriqni bajarmagani uchun uyga borishini taqiqlagan.
Ijtimoiy tarmoqlarda Yakkabog‘ tumani IIB boshlig‘i o‘rinbosari Ahror Yangiyev qo‘l ostidagi xodimga bosim o‘tkazgani tasvirlangan video tarqaldi. Videoda boshliq o‘rinbosari profilaktika inspektoriga berilgan topshiriqni bajarmagani uchun uyga borishini taqiqlaydi.
Inspektor esa bolalari yolg‘iz qolganini, uyga borishi kerakligini aytadi. A.Yangiyev «Bugun uyga borishga haqqing yo‘q. Bugun ertalabgacha yurishga haqqing bor» deb inspektorga bosim o‘tkazadi.
Viloyat IIb axborot xizmatining xabar berishicha, videotasvirdagi holatda 2022 yil 17 noyabr kuni Yakkabog‘ tumanida sodir bo‘lgan YTH bo‘yicha olib borilayotgan surishtiruv jarayoni aks etgan.
Tuman IIB boshlig‘i 1-o‘rinbosari podpolkovnik A.Yangiyev tuman IIB HPB profilaktika inspektori kapitan N.Samandarovga topshiriq berayotganida profilaktika inspektori rahbari bilan gap talashgan.
Qayd etilishicha, hozirda holat yuzasidan viloyat IIB tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
19:37 / 23.04.2025
Qashqadaryoda 14 yoshli o‘smir boshqaruvidagi Gentra YTHga uchradi. Qurbonlar bor
16:04 / 26.03.2025
Shahrisabz aeroporti faoliyatini tikladi
23:40 / 14.03.2025