Qirg‘iziston sobiq prezidenti qasri o‘rnida bolalar reabilitatsiya markazi qurildi
Bishkekda sobiq prezident Qurmanbek Bakiyevga tegishli qasr o‘rnida bolalar reabilitatsiya markazi qurildi.
Bishkek shahrining Jibek Jolu prospektidagi sobiq prezident Qurmanbek Bakiyevning qasri o‘rnida bolalar reabilitatsiya markazi qurildi.
Davlat boshlig‘i ishlarining boshqaruvchisi Qanibek Tumanbayev so‘zlariga ko‘ra, obekt qurilishi yakunlangan, tez orada ochilish tadbiri o‘tkaziladi. Imkoniyati cheklangan bolalar reabilitatsiya markazi 100 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, barcha zamonaviy sharoitlar bilan ta’minlangan.
Qurmanbek Bakiyev 2005-2010 yillarda Qirg‘iziston prezidenti bo‘lgan. 2010 yil 7-15 apreldagi inqilob paytida muxolifat tomonidan ag‘darilgan va mamlakatni tark etgan. Hozirda Belarusda siyosiy emigratsiyada.
2013 yilda Bakiyev Qirg‘izistonda «xizmat vakolatini suiiste’mol qilish» moddasi bo‘yicha jinoyat sodir etganlikda aybdor deb topilib, sirtdan 24 yil qamoq jazosiga hukm qilingan.
2014 yilda britaniyalik tadbirkor Shon Deyli hayotiga suiqasd uyushtirganlikda ayblanib, sirtdan 25 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan.
2021 yil iyul oyida Bakiyev qidiruvga berilgan. U Qirg‘izistondagi Qumtor oltin koni bilan bog‘liq korrupsiyada ayblanmoqda.
Mavzuga oid
21:37 / 20.11.2024
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘li bo‘yicha muzokaralar yakuniy bosqichda – OAV
20:34 / 20.11.2024
Qirg‘iziston o‘z fuqarolariga Ukrainani tark etishni tavsiya qildi
18:39 / 20.11.2024
2024 yilda Qirg‘izistondan O‘zbekistonga gaz eksporti 5 barobar oshdi
17:30 / 14.11.2024