O‘zbekiston | 13:46 / 07.12.2022
8136
2 daqiqa o‘qiladi

Xalqaro zaytun kengashi qarorgohida O‘zbekiston bayrog‘i ko‘tarildi

Xalqaro zaytun kengashi (XZK) qarorgohida O‘zbekiston bayrog‘i ko‘tarilishi munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Foto: Dunyo

Tadbir davomida tashkilot bog‘ida O‘zbekiston nomidan zaytun daraxti ekish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Xalqaro zaytun kengashi rahbari - Iordaniya qishloq xo‘jaligi vaziri Xolid Xanifet so‘nggi yillarda O‘zbekiston iqtisodiy o‘sish ancha yuqori sur’atlarini ko‘rsatayotganiga e’tibor qaratdi. Bu XZK va O‘zbekiston o‘rtasida keng ko‘lamli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun ishonchli asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

«O‘zbekiston Xalqaro zaytun kengashiga a’zo bo‘lishi respublikada zaytun sanoatini yanada rivojlantirish uchun ham, eksport salohiyatini oshirish uchun ham qator imkoniyatlar yaratmoqda. Yangi zaytun plantatsiyalari yaratish, ularni qayta ishlash korxonalarini ishga tushirish, xorijiy davlatlar va XZK bilan yaqindan ilmiy-texnikaviy hamda sarmoyaviy hamkorlik qilish imkoniyatlari yaratiladi.

O‘zbekiston janubiy viloyatlari iqlimi zaytun daraxtlari ayrim navlari uchun qulay bo‘lishi mumkin, ular plantatsiyalari Ispaniya va shunga o‘xshash iqlim sharoitiga ega bo‘lgan boshqa O‘rta Yer dengizi mamlakatlaridagi kabi yaxshi hosil beradi».

Mavzuga oid