O‘zbekiston | 20:10 / 11.12.2022
10926
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zEkspomarkazda Hosil bayrami bo‘lib o‘tdi 

Mazkur tadbir Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan 2017 yildan buyon nishonlab kelinadi. 

Bugun Qishloq xo‘jaligi vazirligi tashkilotchiligida O‘zEkspomarkazda Hosil bayrami bo‘lib o‘tdi. 

Mazkur tadbir Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan 2017 yildan buyon nishonlab kelinadi. 

Viloyatlar stendlari bo‘ylab yurib, tadbirkor-dehqonlar bilan suhbatlashdik. 

Qashqadaryolik dehqon Varganza anori haqida to‘xtalar ekan, uning ta’mini ochiq shabada yelib turganiga bog‘ladi. 

“O‘zimizning firmamiz o‘tgan yili 1200 tonna uzum, 600 tonna anor eksport qilgandi. 

Bundan tashqari firmamiz Buyuk Britaniyaning London shahri bilan muzokaralar olib bormoqda. Ya’ni anor mahsulotlarini bevosita Buyuk Britaniyaga eksport qilish bo‘yicha”, deydi suhbatdoshimiz. 

Mintaqamizda yuzaga kelayotgan suv taqchilligining oldingi olish va sholi urug‘larini tejash maqsadida xorazmlik sholikorlar yangi texnologiyalardan foydalanishmoqda. 

Buni xorazmlik sholikor bizga quyidagicha tushuntirdi: “Xorazm viloyatida bundan besh yil oldin tekislanmasdan suvning ichiga sholi urug‘larini solib, ekardik. Bunda ham urug‘, ham suv isrof qilinardi. 

Mana yaqin yillardan buyon agrotexnologiyalarimiz o‘zgarib, o‘sha paytda 250 kg urug‘ sepiladigan joyga hozirda 100 kg ham yetyapti. 

Yangi texnologiyaga ko‘ra, sholi urug‘i suvga sepilmaydi, maxsus texnikalarimiz yordamida ekiladi. Ekilgandan keyin 40 kun suv berilmaydi, bir qarich bo‘lgach keyin suv beramiz”, deydi sholikor.

Mavzuga oid