O‘zbekiston | 11:16 / 11.12.2022
7871
1 daqiqa o‘qiladi

Tuman sababli Qarshi xalqaro aeroporti ishi vaqtincha cheklandi

Foto: Uzbekistan Airports matbuot xizmati

Sovuq tuman 11 dekabr kuni Qarshi aeroporti faoliyatini vaqtincha chekladi. Bu haqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ko‘rish chegarasining pasayib ketishi (gorizontal 200 metr, vertikal 50 metr) Qarshi xalqaro aeroportida reyslarni qabul qilish va jo‘natishni cheklab qo‘ygan.

Uzbekistan Airports’ning Toshkent—Qarshi yo‘nalishi bo‘yicha, soat 08:00 da uchishi kerak bo‘lgan HY-77 reysi hali ham poytaxtdan ucha olmagan.

Qarshi aeroportidagilarning ma’lum qilishlaricha, ko‘rish masofasi asta-sekin yaxshilanmoqda. Aeroport yaqin ikki soat ichida samolyotlarni qabul qilish va uchirishga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilishi mumkin.

Mavzuga oid