Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bank tizimlarida axborotni muhofaza qilish qoidalari o‘zgaradi
O‘zbekiston tijorat banklari avtomatlashtirilgan bank tizimlarida axborotni muhofaza qilish to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritiladi.
Tegishli hujjat loyihasiga ko‘ra, nizom tijorat banklari avtomatlashtirilgan bank tizimlarida axborotni muhofaza qilish tartibini belgilaydi.
Avtomatlashtirilgan bank tizimi foydalanuvchilar elektron raqamli imzolari maxsus qurilmalarga (yoki mobil qurilmalarga) yozilgan bo‘lishi yoki elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‘yxatga olish markazlari “bulutli texnologiyalarida” (ishonchli saqlash tizimida) saqlangan bo‘lishi hamda har qanday usul bilan ruxsatsiz nusxa olishdan himoyalangan bo‘lishi lozim.
Elektron raqamli imzo kaliti sertifikati amal qilish muddati elektron raqamli imzo ro‘yxatga olingan paytdan e’tiboran yigirma to‘rt oydan oshmasligi kerak. Bunda elektron raqamli imzo kaliti sertifikati amal qilish muddati ikki martadan ko‘p bo‘lmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
Foydalanuvchilar elektron raqamli imzo ochiq kalitlari avtomatlashtirilgan bank tizimida ro‘yxatga olinishi va hisobi yuritilishi kerak.
Mavzuga oid
13:53 / 19.04.2025
O‘zbekiston Axborot kodeksini qabul qilish rejalashtirilmoqda
18:01 / 11.04.2025
“Oqibatlari og‘ir bo‘ladi” - Alisher Qodirov internetdagi “axborot loyihalari” haqida
14:55 / 15.11.2024
DXX raisi O‘zbekistondagi muhim axborot infratuzilmalarini toifalashga doir buyruq chiqardi
09:57 / 15.06.2024