Angrenda yuk mashinasi 5 ta avtomobil bilan to‘qnashdi
Isuzu’ning tormozi ishlamay qolgan.

Foto: Toshkent viloyati IIBB YHXB
Toshkent viloyatining Angren shahrida tormoz tizimidagi nosozlik tufayli Isuzu rusumli yuk mashinasi beshta yengil avtomobil bilan to‘qnashib ketdi. Bu haqda viloyat IIB YHXB matbuot xizmati xabar berdi.
Hodisa 12 dekabr kuni soat 15:10 atrofida A-373 «M-39 Guliston-Bo‘ka-Angren-Qo‘qon va Andijon orqali-O‘sh» avtomobil yo‘lining 184-kilometrida sodir bo‘lgan.
Yuk mashinasi o‘zi bilan bir yo‘nalishda, oldinda harakatlanib ketayotgan 3 ta Nexia va 2 ta Cobalt rusumli avtomobillarga to‘qnashgan.

Hodisa natijasida hech kim tan jarohati olmagan.
Mavzuga oid

18:52 / 21.05.2025
Toshkent viloyatida uyida yo‘lbars boqib kelgan shaxs aniqlandi

10:12 / 15.05.2025
Toshkent viloyatida 13 ta tarixiy yodgorlikka zarar yetkazildi

14:50 / 13.05.2025
Toshkent viloyatida Malayziya vakillari uchun maxsus sanoat zonasi tashkil etilyapti

22:20 / 10.05.2025