Insoniyat Yerdagi tabiatni qanday yo‘q qilayotganini dalillovchi 50 ta eng zo‘r fotosurat
Insonga xos ko‘plab faoliyat turlari barchamizni ekologik halokat yoqasiga yetaklamoqda. Butun dunyodagi suratkashlar jahonda sodir bo‘layotgan falokatlarni tarixga muhrlab, jamoatchilik diqqat-eʼtiborini keng miqyosli bu muammoga jalb qilishmoqda.
Yerning sovuq hududlarida hozir muzliklar erimoqda. Bu esa jahon okeani sathi ko‘tarilishi va qadimiy viruslar uyg‘onishiga olib kelishi mumkin.
Har yozda yirik o‘rmon yong‘inlaridan boxabar bo‘lamiz — tugab borayotgan 2022 yil ham istisno bo‘lmadi. Ona sayyoramiz bilan qandaydir dahshatli narsa sodir bo‘lmoqda, har bir inson bundan voqif bo‘lishi kerak, chunki tabiatning sofligi uchun har birimiz mas’ulmiz.
Butun dunyodagi suratkashlar jahonda sodir bo‘layotgan falokatlarni tarixga muhrlab, jamoatchilik diqqat-eʼtiborini keng miqyosli bu muammoga jalb qilishmoqda.
Quyida keltirilayotgan fotosuratlar turli suratkashlar tomonidan tushirilgan. Reyting Fransiyaning Agence France-Presse (AFP) agentligi tomonidan tuzilgan. Avval fotosurat, so‘ngra uning ta’rifi keltiriladi.
Bu surat 2022 yilning yanvarida tushirilgan. Unda Kolumbiyaning Guatavita provinsiyasidagi erkak o‘rmon yong‘iniga qarshi kurashmoqda.
2022 yilning iyunida fotosuratchi Odd Andersen Grenlandiyadagi aysberglardan birining cho‘qqisini suratga oldi. Surat markazidagi lojuvard suv global isish natijasida muzning erishidan hosil bo‘lgan.
2022 yilning sentabrida Xitoydagi eng uzun daryo Yangszi daryosining qurib qolgan qismida o‘tirgan ikki insonning kvadrokopterdan olingan surati tarqaldi.
Sentyabrda Kuba notinch bo‘ldi — Ien to‘foni ulkan to‘lqinlar shakllanishiga sababchi bo‘ldi. Suratda ana shunday to‘lqinlardan biri Malekon to‘g‘onida yo‘l belgisini urib yiqitayotgani aks etgan.
Bu fotoda Ispaniyaning Vilanova-de-Sau munitsipaliteti tasvirlangan. Mahalliy suv havzasida suv sathi tushib ketgani tufayli bir paytlar suv ostida qolib ketgan Sant-Roma-de-Sau cherkovi vayronlari yana ko‘rinish bergan.
Bu fotosurat esa iyun oyida Iroqning Di Qor muhofazasida olingan. Unda bolakay qurib qolgan mahalliy daryo o‘zanidan qolgan qayiq ustida sakrab yuribdi.
Yoz oylari boshida Hindistonda kuchli yomg‘irlar bo‘lib o‘tdi. Ayrim tumanlarda suv toshqini kelib chiqdi, ayniqsa Assam shtati ko‘p jabr ko‘rdi. Suratda mahalliy aholi toshqindan vayron bo‘lgan yo‘ldan kesib o‘tayotgani tasvirlangan.
Kaliforniya ham o‘rmon yong‘inlari iskanjasida qoldi. Ular bir-ikki yil avval sodir bo‘lgani kabi dahshatli bo‘ldi. Suratda Kaliforniyadagi Maripoza aholi punktining tutunga to‘lgan osmoni tasvirlangan.
O‘t o‘chiruvchilar Kaliforniyadagi Hemet shahri yaqinida yong‘inni tiyib turish chizig‘ini yaratish ustida bosh qotirishmoqda.
Bu fotosurat Alp tog‘larida 2022 yilning iyulida olingan. Unda Ron muzligining erib ketishi oldini olish uchun izolyatsion material bilan qoplanganini ko‘rish mumkin. Bu muzlik Uriya Alplaridagi eng katta muzlik hisoblanadi.
Ayni shu daqiqalarda Meksikadagi Yukatan yarimorolining janubiy-sharqiy qismida «Mayya poyezdi» temiryo‘li qurilishi jadal olib borilmoqda. U 1500 km uzunlikka ega bo‘ladi va mayya sivilizatsiyasining asosiy osori-atiqalarini bog‘laydi. Loyiha qariyb 10 mlrd dollarga teng va qattiq tanqid ostiga olinmoqda. Loyiha mualliflari o‘rmonlarni kesib, tabiatga ziyon yetkazish bilan birga, hali tadqiq etilmagan qadimiy go‘shalarni ham vayron qilishlari mumkin.
Suratda Kaliforniyadagi parklardan birida ro‘y bergan yong‘inda mo‘ylovlari kuygan mushukcha tasvirlangan.
Ushbu fotosurat 2022 yilning sentabrida Amazonkadagi Mapinguari parkida sodir bo‘lgan yong‘in chog‘ida tushirilgan.
2022 yilning boshida Pekinda qishki olimpiada bo‘lib o‘tdi. Suratda Yangsin tog‘idagi tezkor tushish trassasi tasvirlangan. U yerda qor qariyb yo‘q.
2022 yilning 11 avgusti erta tongida Fransiya janubiy-g‘arbida dahshatli yong‘in boshlandi. Olov fonida xavfli masofaga yaqinlashgan insonni ko‘rish mumkin.
Fransiya janubiy-g‘arbidagi o‘rmon yong‘inlarining oqibati haqida so‘zlovchi yana bir fotosurat.
Marmolada muzligining o‘pirilib tushishi — 2022 yilda yuz bergan va global isish oqibatlarini ko‘rsatuvchi yana bir hodisa. Italiyadagi Marmolada tog‘ida rekord +10 daraja issiq kuzatilgan va muzlik o‘pirilib tushgan. Voqeada 11 kishi halok bo‘lgan, 8 kishi yaralangan.
2022 yil fevralida Pokistonning Balujiston viloyatida kuchli musson yomg‘irlari tufayli suv toshqinlari kelib chiqdi. Suratda bolalarni xavfsiz joyga o‘tkazishda sun’iy yo‘ldoshli antenna tovog‘idan foydalanishgani aks etgan.
Habashistonning Iresteno shahridan u qadar uzoq bo‘lmagan qurib qolgan suv havzasida turgan suvsizlikdan eti suyagiga yopishib qolgan sigir.
Shveytsariyaning Zas-Fe kurort shahri yaqinidagi eriyotgan muzlikni kuzatayotgan turistlar.
O‘rmonchi Marokashdagi Ksar-al-Kabir shahrida ro‘y bergan yong‘indan qochmoqda.
Bu suratda Shveytsariyaning g‘arbidagi Dyablere tog‘li hududi qush parvozi balandligidan ko‘rsatilgan. 2000 yil davomida u qor bilan qoplangan go‘sha bo‘lgan, bugungi manzara insonni hayiqtiradi.
Pokiston tumanlaridan birida 2022 yil avgustida suv toshqinidan jabr ko‘rgan erkak va uning bolasi.
Odamlar Fransiya janubiy-g‘arbidagi barxanlardan yurib bormoqda. Fonda o‘rmon yong‘ini tutuni.
Floridaning Fort-Mayyers-Bich shaharchasi turg‘uni Ien to‘foni o‘tganidan keyin turli chiqitlarni yig‘ishtirmoqda.
Avstraliya Davlat yovvoyi tabiat xizmati xodimlari 2022 yil sentabrida Tasmaniya oroli sohillariga chiqib qolgan 200 ga yaqin grindlarning tanalarini tekshirishmoqda. Grindlar — delfinsimonlar turiga kiruvchi sut emizuvchilar. Ularning o‘limiga sabab atrof-muhit ifloslanishi ham, global isish bo‘lishi ham mumkin.
Yigit Kongo Demokratik Respublikasidagi primatlar reabilitatsiya markazida shimpanze bilan o‘ynamoqda. Aytishlaricha u bu yerga 14 yildan buyon ishlaydi.
Zimbabvedagi milliy parklar qurollangan qo‘riqchisi fil suyaklari qurshovida.
Bu foto 2022 yil aprelida suratga olingan. Unda Kolumbiya poytaxti Bogota shahridagi daryoning ifloslanishi natijasida paydo bo‘lgan ko‘pik tasvirlangan.
Oq ayiq Gudzon qo‘ltig‘ida uxlamoqda. Bizning davrimizga kelib shunday yirik jonivorlarning ham kun ko‘rishi qiyinlashmoqda.
2022 yilning 4 yanvarida tushirilgan ushbu fotosuratda Dubay shahri yaqinida o‘tlab yurgan antilopalar tasvirlangan. Yuqori texnologiyali shahar va yovvoyi tabiat bir-biriga naqadar yaqin joylashishi mumkinligini ko‘rsatuvchi ajoyib kadr. Dubayda yuqori texnologiya juda ko‘p, u yerda yaqinda “kosmik turizm” uchun hattoki Oyning nusxasi paydo bo‘ladi.
Fotosuratchi Argentinadagi La-Kantera plyajida turib ulkan kitning quyrug‘ini rasmga tushirishga muvaffaq bo‘ldi.
Kiapi Lakupanai ismli erkak butun umrini fillarga g‘amxo‘rlik qilishga bag‘ishladi. Suratda u Keniyadagi qo‘riqxonalardan birida ikki fil bolasi bilan o‘ynamoqda.
Boliviyaning Punaka Tinta Mariya shahridan uncha uzoq bo‘lmagan ayni paytda qurib qolgan Poopo ko‘lida tashlab ketilgan qayiqning yuqoridan ko‘rinishi.
2022 yil sentabrida fotosuratchilardan biri Markaziy Amerikaning u qadar katta bo‘lmagan davlati — Salvadordagi Serron-Grande qo‘riqxonasida plastik va shisha chiqindilar orasidan suv ichishga kelgan otni suratga tushirgan.
O‘rdun daryosining vodiysida joylashgan qayta ishlanuvchi plastiklar chiqindixonasida tizilib olgan laylaklar.
Braziliyadagi transamazon shossesi (BR-230) atrofidagi yoqib yuborilgan o‘rmon belbog‘i. Bu yo‘l uzunligi bo‘yicha Braziliyada uchinchi o‘rinda turadi, uni qurish uchun juda ko‘plab daraxtlar yo‘q qilib yuborilgan.
Fotogalereyadagi boshqa suratlardan farqli o‘laroq, ushbu suratda go‘zallik aks etgan — bu Italiyadagi «Daraxtlar kutubxonasi» botanika bog‘ining bir qismi. Ko‘rsatilgan majmua «Gullar va vertikal o‘rmon» deb ataladi.
Avstraliyaning Pitt-Taun (Sidney shtati) shahri ahli Hoksberi daryosining o‘zandan toshib chiqishi oqibatlarini tomosha qilishmoqda.
Luosing Dun — Markaziy Xitoyda joylashgan suvi eng chuchuk Poyang ko‘lidagi kichik orolcha. Uning eng baland qismida qadimgi zamonlarda ibodatxonalar qurilgan. Vaqt o‘tishi bilan ular suvga g‘arq bo‘lgan. Bugun Poyang o‘z suv zaxiralaridan judo bo‘layotgani sabab qadimiy ibodatxonalar yana ko‘rinish bera boshladi.
Turistlar Fransiya janubida sodir bo‘lgan o‘rmon yong‘inlarini uzoqdan kuzatib turishibdi.
Oq ayiq Gudzon qo‘ltig‘ida cho‘milib chiqqach terisini silkitmoqda.
Bu fotosuratni kompyuter ish stoliga ham joylashtirish mumkin. Unda Finlandiyaning Laplandiya o‘rmonlarida o‘tlab yurgan shimol bug‘usi tasvirlangan.
Odamlar Hondurasdagi chiqindilar bilan to‘lib ketgan Omoa plyajida cho‘milishmoqda.
O‘t o‘chiruvchilar Portugaliyadagi o‘rmon yong‘inini o‘chirib bo‘lgach, suv ichib, dam olishmoqda. Fotosurat 2022 yil avgustida tushirilgan.
Fotosuratda Hindistondagi ifloslangan va quyqalarga to‘la Yamuna daryosida solda suzib borayotgan odam tasvirlangan. U ikkilamchi xomashyo yig‘ish bilan shug‘ullanadi.
O‘t o‘chiruvchi Portugaliyadagi katta o‘rmonni qamrab olgan yong‘inni o‘chirmoqda.
Portugaliyadagi kichikroq uy egasi o‘rmon yong‘ini tarqalishini xavotir bilan kuzatmoqda.
Qush parvozi balandligidan Fransiyada 2022 yil yozida ro‘y bergan o‘rmon yong‘inlari oqibatlari aniq ko‘rinib turibdi. Bularning barchasi yonib ko‘mirga aylangan daraxtlardan iborat qatorlar.
Fotosurat 2022 yilning 16 iyunida tushirilgan. Unda Germaniyaning Boltiq dengizidagi Ryugen orolidan shimoliy-sharqda joylashgan shamol elektr stansiyasi tasvirlangan.
Mavzuga oid
16:34 / 18.11.2024
“Manzil”: Dengiz sathidan 3000 metr balandlikdagi ko‘l – Arashan buloqqa sayohat
15:30 / 13.11.2024
Qozog‘istonga yo‘lbarslar qaytarilmoqda. Ular bundan 70 yil avval yo‘qolib ketgandi
18:18 / 12.11.2024
Jahonda 10 yil davomidagi tabiiy ofatlardan ko‘rilgan zarar 2 trillion dollardan oshdi
16:17 / 07.11.2024