O‘zbekiston | 09:16 / 15.12.2022
5318
3 daqiqa o‘qiladi

Hisob-kitobni fiskal xotirali kassasiz amalga oshirishi mumkin bo‘lganlar ro‘yxati yangilanadi

Vazirlar Mahkamasining “Soliq ma’muriyatchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan hukumat ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Prezident farmoni bilan 2022 yil 1 yanvardan boshlab naqd pul tushumiga ega bo‘lgan barcha tadbirkorlik sub’yektlarini onlayn nazorat kassa mashinalari yoki virtual kassadan foydalanishga o‘tkazish belgilangan.

Farmon 4-bandi ikkinchi xatboshida olis, yetib borish qiyin bo‘lgan aholi punktlarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’yektlariga farmon bilan tasdiqlangan grafik tatbiq etilmasligi belgilangan.

Vazirlar Mahkamasi rayosati majlisi bayoniga 1-ilova 3-bandida hukumat qarori makon bo‘yicha amal qilish doirasini cheklash belgilangan.

Farmon talablaridan kelib chiqib hamda aholi bilan pulli hisob-kitobni amalga oshiruvchi tadbirkorlik sub’yektlari faoliyat xususiyatlarini inobatga olgan holda, ro‘yxatda:

  • dehqon bozorlarida o‘zi yetishtirgan qishloq xo‘jaligi mahsulotini sotadigan jismoniy shaxslar;
  • tovarlarni dam olish kunlari yarmarkalarda, avtomobillarni sotish bozorlarida va boshqa ilgari ishlatilgan tovarlarni, tirik mollarni, parrandalarni, jonivorlarni va boshqalarni sotish bilan savdo qiluvchi jismoniy shaxslar;
  • savdo avtomatlari orqali tovarlarni sotish va (yoki) xizmatlarni ko‘rsatish faoliyatlari qoldirilmoqda.

Soliq kodeksi 133-moddasiga muvofiq organlar, muassasalar va tashkilotlar ma’lumotlarni soliq organlariga elektron shaklda taqdim etishi belgilangan.

Loyihada quyidagilar belgilanmoqda:

  • yuridik va jismoniy shaxslar o‘z faoliyati xususiyatiga ko‘ra aholi bilan pulli hisob-kitoblarni fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinalarini qo‘llamasdan amalga oshirishi mumkin bo‘lgan ayrim toifalari ro‘yxatini yangilash;
  • elektron hisobvaraq-fakturalar tizimini takomillashtirish, elektron hisobvaraq-faktura aylanish tizimi operatorlari soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish maqsadida operatorlarga qo‘shimcha talablar belgilash;
  • onlayn nazorat-kassa mashinalariga uzluksiz xizmat ko‘rsatish imkoniyatini yaratish.
Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid